Ilmning natijasi: muddatidan oldin talaba bo‘lgan bulung‘urlik yoshlar

   Bulung‘ur tumanida 69 ta umumta’lim maktabini 2771- nafar 11-sinf o‘quvchilari bitirdi. Hozirgi vaqtga qadar 40 nafarga yaqin bitiruvchi muddatidan oldin oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘ldi.

1.Quvonov Shaxzod Tojiddin o‘g‘li  29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchisi, aels sertifikatini qo‘lga kiritgan, viloyat fan olimpiadasida ingliz tili fanidan faxrli o‘rinni egallab, Respublika fan olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Viloyat hokimining tashabbusi bilan o‘tkazilgan fan olimpiadasi g‘olibi. Muddatidan oldin  (Cambridge University)  Kembridj xalqaro universitetining talabasi bo‘ldi.                             2. Xudoyqulov Shoxjahon Shavkat o‘g‘li - 1 IDUM ning 11-sinf bitiruvchisi. Topik sertifikatini qo‘lga kiritgan. Muddatidan oldin  Koreyaning Joonbu universtiteti talabasi bo‘lgan.

    3. Shamshiev Shaxobiddin Atabek o‘g‘li  5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchisi, Muddatidan oldin  Toshkent Ajou  universtiteti talabasi bo‘lgan.                                                                 4.Qurbonova Munisa Ulug‘bek qizi  11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchisi, oltin medal sohibasi.  Fransuz tili fanidan viloyat fan olimpiadasining g‘olibi, Respublika fan olimpiadasi  ishtirokchisi. Viloyat hokimi fan olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egallagan. Ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat olgan. 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM