Tadbirkor – elga madadkor!

Bulung‘ur tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida bir qancha amaliy ishlar olib borilayotganligidan xabaringiz bor. Xususan, shu maqsadda “Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqich ro‘yxatlari ham shakllantirilib, ikkinchi bosqichda 2252 nafar 30 yoshdan oshgan va o‘rganishlar davomida muammolari borligi aniqlangan xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirib olindi. Galdagi vazifa shu mazkur ro‘yxatga olingan ayollar bilan manzilli ishlarni tashkil etish bo‘lib, bu boradagi amaliy ishlar ham allaqachon boshlab yuborilgan.

 

Xususan, Bog'bon mahallasi fuqarosi Arslonova Xulkar o‘z xonadonida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Natijada ham mahalladagi "Ayollar daftari"ga kiritilgan 4 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi, ham mahalladagi 50 nafar bolajonlar ta’lim-tarbiya jarayonlariga qamrab olinadigan bo‘ldi.

 

Darhaqiqat, tadbirkor – elga madadkor!

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM