Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Bulung‘ur tumanidagi 22-umum ta’lim maktabida ham turli sport to‘garaklari tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Jumladan, badiiy gimnastika to‘garagida bugun maktabning sport sevar qizlari ishtirok etib, turli musobaqalarda ham qatnashishmoqda. Yaqinda bu to‘garak a’zolari 2012, 2013 va 2014  yilda tug‘ilgan qiz bolalar o‘rtasida Samarqand tumani 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabi ochiq  birinchiligida umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egallashdi. G‘oliblarga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM