Tuman hokimi maktablarning re'jalashtirilgan yangi qiyofasi bilan tanishdi

Shu kunlarda Bulung‘ur tumanida yangi o‘quv-yiliga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, tumandagi 38 ta maktabda 8 mlrd.dan ortiq mablag‘ evaziga qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

Joriy yil 30-iyul kuni tuman hokimi Baxodir Baxromov mazkur jarayonlar bilan tanishish maqsadida ta’lim muassasalarida bo‘ldi. Jarayonlar davomida tuman hokimining o'rinbosari B.Il'chiyev tomonidan ta'lim muassasalarida olib borilishi belgilangan qurilish-ta'mirlash ishlarining taqdimoti o'tkazildi. Hokim har bir maktabning loyiha smeta hujjatlari, ishlar yekuni bilan maktablarning kasb etadigan yangi qiyofasi re'jasi bilan tanishdi.

Tuman hokimi soat 9 dan soat 13 ga qadar bo‘lgan vaqt davomida 10 dan ortiq maktabda bo‘lib,  qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Muassasa direktorlari, quruvchilar hamda mahalla raislari bilan suhbatda bo‘lib, bildirilgan takliflar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Xususan, o‘rganishlar davomida tumandagi 22-IDUM oldida piyodalar yo‘lakchasini yana davom ettirish uchun zaruriy mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. 36-maktab qorovulxonasini ta’mirlash va akfa eshik-rom o‘rnatilishi belgilandi. 52-maktabning kirish darvozasigacha bo‘lgan tosh-shag‘al ustiga ham asfalt yotqizish chorasi ko‘riladigan bo‘ldi.

Tuman hokimi maktablardagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini avgust oyi oxiriga qadar yakuniga yetkazish lozimligini ta’kidlab, buning uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rish to‘g‘risida masu’llarga ko‘rsatmalar berar ekan, maktab direktorlari ham qurilish, ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishida e’tiborli bo‘lishlari, yakunda ham e’tibor bilan tekshirib olishi lozimligini ta’kidladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM