Bulung‘urda sayyor tibbiy ko‘riklar tizimli ravishda davom etmoqda

Bulung‘ur tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularni o‘z vaqtida profilaktika qilish maqsadida qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, joriy yilning 16 iyun kuni ayni kunda 9479 nafar axoliga xizmat ko‘rsatib kelayotgan Navbahor oilaviy shifokorlik punkti hududiga kiruvchi Kaftarxona va Qirqshodi mahallalarida sayyor tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi hamda viloyat tibbiyot muassasalaridagi malakali mutaxasislar hamkorligida tashkil etilgan sayyor tibbiy ko‘rikda kassaliklarning 3-4 xavf guruhini erta aniqlash hamda aholi salomatligini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rildi. Xususan, ko‘rik davomida 12 nafar malakali shifokorlar, 15 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va mobil oftolmolog klinikasi jalb etilgan holda, 210 dan ortiq fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra fuqarolarning 12 nafariga tuman markaziy shifoxonasiga, 3 nafariga viloyat shifoxonalariga yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 73 nafar fuqaroga ambulator davolanish uchun tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

  • Bu kabi sayyor tibbiy ko‘riklarni navbati bilan tumanning boshqa mahallalarida ham tizimli ravishda tashkil etib borishni maqsad qilganmiz. Asosiy maqsadimiz, kasallikni davolash emas, uni barvaqt aniqlagan holda profilaktika qilish, aholi o‘rtasida tibbiy savodxonlik madaniyatini targ‘ib qilishdan iborat, deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Vohid Xudoyqulov.

Bundan tashqari, shu kuni 249 nafar “Ayollar daftari”ga kirgan bemor ayollarga tuman xokimligi bilan hamkorlikda zaruriy dori-darmon vositalari bepul berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM