Samarqand viloyati bulung‘ur tumanining 2021-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining qarori

 Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanining 2021-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda Samarqand viloyati Xalq deputatlari Kengashining “Samarqand viloyati 2021-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2021-yil uchun Bulung‘ur tumani byudjetini qabul qilish bo‘yicha Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi

QAROR QILADI:

  1. Samarqand viloyati Xalq deputatlari Kengashining “Samarqand viloyati 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Bulung‘ur tumani byudjetiga Samarqand viloyati byudjetidan ajratilgan:

tartibga soluvchi byudjetlararo transfert 57 423 805,0 ming so‘m miqdorida tasdiqlanganligi. Bunda, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini tuman mahalliy byudjeti daromadlari prognozining ijrosidan qat’iy nazar kamaytirishga yo‘l qo‘yilmasligi O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;

tuman byudjetining aylanma kassa mablag‘i 1 155 892,0 ming so‘m miqdorda belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi qaroriga asosan 2021 yilda:

a) Quyidagi soliq turlari tuman byudjetiga to‘liqligicha o‘tkazib beriladi:

  • jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i;
  • jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
  • qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, bundan sement xom ashyosi va sement ishlab chiqarishda foydalaniladigan ohaktosh mustasno;
  • yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
  • yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
  • yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz  realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
  • aylanmadan soliq
  • qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar;
  • ayrim tovarlarning chakana savdosiga beriladigan huquq uchun undiriladigan yig‘im;
  • qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
  • avtotransport vositalarini xarid qilganlik uchun ularni ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlar.

b) Quyidagi soliq turlari va boshqa to‘lovlar vilotning viloyat byudjeti hamda tuman mahalliy byudjeti o‘rtasida taqsimlanadi:

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘idan tashqari) 35 foiz miqdorda tuman byudjetiga;
  • foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘xatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) 50 foiz miqdorda tuman byudjetiga.

                 Mobil aloqa xizmati va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar tegishli ravishda 2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra tuman aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq o‘tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. 2021-yil uchun tuman byudjeti daromadlar prognoz ko‘rsatkichlari              
    1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Tuman byudjetidan 2021-yilgi hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. 2021-yil uchun mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar uchun yer solig‘i stavkasiga chegaraviy kamaytiruvchi va oshiruvchi koefitsientlar 3-4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
  4. 2021-yil uchun tuman byudjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 1 221 180,0 ming so‘m miqdorida belgilansin.
  5. Tuman hokimligi:

-har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar rasmiy veb-saytlarga o‘z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida moliyaviy hisobotlarni hamda boshqa tegishli ma’lumotlarni joylashtirsin;

-byudjet daromadlari va xarajatlarining ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatishi uchun tuman Kengashiga doimiy ravishda ma’lumot kiritib borsin.

O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin.

  1. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi va tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.

 

Tuman Kengashi raisi                                             B.Baxramov

 

   
 

 
       
       
       
       
       
       
2021 йил Булунғур тумани ҳудудларининг иқтисодий ривожланишига қараб Жисмоний шахслар бўйича  ер солиғини хисоблашга доир камайтирувчи ва оширувчи коэффицентларни (деҳқон хўжалигини юритиш учун берилган қишлоқ хўжалиги учун мўлжалланган ерлардан ташқари) қўллаш
Т/Р       МФЙ номи                Жисмоний шахслар учун
Базавий солиқ ставкага нисбатан камайтирувчи ва оширувчи коэффицент (0,7 дан 3,0 гача)лар  Ер солиғи ставкаси                  (1 кв.м учун сўмда)
1 Мехржон МФЙ 0,57 170,0
2 Истиклол МФЙ 0,57 170,0
3 Самарқанд МФЙ 0,57 170,0
4 Улуғбек МФЙ 0,57 170,0
5 А.Темур М Ф Й 0,57 170,0
6 Дўстлик МФЙ 0,57 170,0
7 Навбахор МФЙ 0,57 170,0
8 Булунғур МФЙ 0,57 170,0
9 Гулистон МФЙ 0,57 170,0
10 Янгиқўрғон МФЙ 0,57 170,0
11 Дехқонобод МФЙ 0,39 115,0
12 Мирзаариқ МФЙ 0,39 115,0
13 Элобод МФЙ 0,39 115,0
14 Саховат МФЙ 0,39 115,0
15 Эсантурди МФЙ 0,39 115,0
16 Қирқшоди МФЙ 0,39 115,0
17 Каттақишлоқ (Н) МФЙ 0,39 115,0
18 Кафтархона МФЙ 0,39 115,0
19 Килдон МФЙ 0,39 115,0
20 Кичик Килдон МФЙ 0,39 115,0
21 Чўянтепа МФЙ 0,39 115,0
22 Хўжамазгил МФЙ 0,39 115,0
23 Авлиё парпи МФЙ 0,39 115,0
24 Хўжабачча МФЙ 0,39 115,0
25 Сулувқўрғон МФЙ 0,39 115,0
26 Сарқипчоқ МФЙ 0,39 115,0
27 Чорбоғ МФЙ 0,39 115,0
28 Бешкуви МФЙ 0,39 115,0
29 Сайилтепа МФЙ 0,39 115,0
30 Оқтош МФЙ 0,39 115,0
31 Бўдана МФЙ 0,39 115,0
32 Сохибкор МФЙ 0,39 115,0
33 Эрганакли МФЙ 0,39 115,0
34 Нурли йул МФЙ 0,39 115,0
35 Мингчинор МФЙ 0,39 115,0
36 Гулзор МФЙ 0,39 115,0
37 Ўроқли МФЙ 0,39 115,0
38 Булунғур Ариқ МФЙ 0,39 115,0
39 Чангал-1 МФЙ 0,39 115,0
40 Ниёзмат МФЙ 0,39 115,0
41 Небўса МФЙ 0,39 115,0
42 Исори Ўроқли 0,39 115,0
43 Каттақишлоқ (Б) МФЙ 0,39 115,0
44 Олмазор МФЙ 0,39 115,0
45 Ғўбдин МФЙ 0,39 115,0
46 Лалмикор МФЙ 0,39 115,0
47 Янги ариқ МФЙ 0,39 115,0
48 Янгиобод МФЙ 0,39 115,0
49 Бешқўтон МФЙ 0,39 115,0
50 Мингтепа МФЙ 0,39 115,0
51 Боғбон МФЙ 0,39 115,0
52 Зарафшон МФЙ 0,39 115,0
53 Оқтепа МФЙ 0,39 115,0
54 Қўнғирот МФЙ 0,39 115,0
55 Гулобод МФЙ 0,39 115,0
Изох: Самарқанд вилояти бўйича Жисмоний шахслар учун  1 кв/м ер майдонига базавий солиқ ставкаси 297,60 сўм белгиланган. Халқ депутатлари Самарқанд вилоят кенгаши қарорига асосан Булунғур туманига базавий солиқ ставкасига нисбатан 0,50 коэффицент белгиланган.  (297,6*0,50=148,8) яъни 2021 йил учун Булунғур туманида базавий солиқ ставкаси 148,8  сўмни ташкил қилади.

  

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM