Bedana tuxumidan oyiga 4 – 5 million so’m daromad: kelgusida ushbu raqamlar uch barobarga oshiriladi

Bulung‘urariq mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda aholi va yoshlarning murojaatlari tuman hokimi, 1-sektor rahbari Samandar Astonov hamda xalq qabulxonasi mudiri Sherzod Narmatov tomonidan qabul qilindi.

 

Mahalladagi 51-maktab faollar zalida o‘tgan qabul davomida bildirilgan har bir murojaat joyida soha mas’ullari ishtirokida muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng tuman hokimi mahalladagi Shodmonov Asliddin xonadonida bo‘ldi. Ushbu xonadonda bugun tuxumga ixtisoslashgan 500 taga yaqin bedana parvarishlanib, kuniga 300-400 ta atrofida bedana tuxumlari donasi 500 so‘mdan ichki bozorga chiqarilmoqda. Ko‘rish mumkinki oila bugungi kunda shuning ortidan 4 – 5 million so‘m atrofida daromad qilishmoqda.

 

Suhbatlar davomida mazkur oilaga inkubator berilishi orqali, bedanalar sonini 1 500 taga chiqarish, keyinchalik esa mazkur ko‘chadagi boshqa xonadonlarda ham ushbu ijobiy tajribani keng joriy etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

​​​​​​​

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM