Халқаро алоқалар

Bulung‘ur tumani hokimligi tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, tumanda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish hamda eksport salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

Xitoylik hamkorlar bilan joriy yil mart oyida 2 tomonlama muzokalarlar o‘tkazilib umumiy qiymati 3 million AQSH dollariga teng yangi loyihani amalga oshirishga kelishib olindi va bub o‘yicha tanlangan yer maydonini toifasini o‘zgartirish bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan rasmiylashtirish ishlari boshlandi.

Shuningdek, Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Samarkand Garden Plast” qo‘shma korxonasi  ta’sischilari AQSH lik hamkorlarimiz bilan loyihaning ikkinchi etapi “Kartoshkadan chips ishlab chiqarish loyihasi doirasida qiymati
3 million dollarga teng loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Shuningdek joriy yil aprel-may oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Guanzhou shahrida 133-Xalqaro KANTON ko’rgazmasi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Mazkur ko’rgazma 3 bosqichda bo’lib o’tadi:

Birinchi bosqich: 15 – 19 aprel  2023-yil

Ixtisoslashuvi: Elektronika, texnika, qurilish

Mahsulotlar turlari:

•        Keng isteʼmol qilinadigan elektron tovarlar va informatsion mahsulotar

•        Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari

•        Elektronika va elektron tovarlar

•        Maishiy elektronika

•        Yoritgich vositalari

•        Transport vositalari va qoʼshimcha qismlar

•        Mashina va elektroenergiya

•        Katta gabaritli mashinalar va qurilmalar

•        Qurilish va qishloq xoʼjalik texnikalari

•        Qurilmalar va asbob-uskunalar

•        Kimyo mahsulotlari

•        Energetika resurslari

Ikkinchi bosqich: 23 – 27 aprel  2023-yil

Ixtisoslashuvi: keng isteʼmol tovarlari

Mahsulotlar turlari:

•        Mebel

•        Oshxona jihozlari va idish-tovoqlar

•        Maishiy buyumlar

•        Shaxsiy gigiena tovarlari

•        Uy hayvonlari uchun ozuqa va tovarlar

•        Soatlar, qo’l soatlari va optik asboblar

•        Oʼyinchoqlar

•        Premium klass sovgʼalari va tovarlari

•        Tantanalar va bayramlar uchun tovarlar

•        Badiiy keramika

•        Uylar dekoratsiyalari elementlari

•        Bogʼlar uchun tovarlar

•        Tosh va metalldan dekoratsiya va koʼcha qurilmalari

Uchinchi bosqich: 1 – 5-may 2023-yil

Ixtisoslashuvi: tekstil va kiyim, sport va dam olish, salomatlik

Mahsulotlar turlari:

•        Erkaklar va ayollar kiyimlari

•        Bolalar kiyimlari

•        Ichki kiyimlar

•        Sport va kundalik kiyim – kechaklar

•        Teri, jundan tikilgan tovarlar

•        Аksessuarlar va garnitura

•        Uy tekstili

•        Tekstil xom ashyosi va matolar

•        Ip va tola

•        Gilamlar va gobelenlar

•        Poyafzal

•        Ofis anjomlari

•        Sport tovarlari

•        Sayohat qilish va dam olish tovarlari

•        Dori vositalari va meditsina tovarlari

•        Oziq-ovqatlar yonalishlarda bo’lib otadi.

Ko’rgazmaga Samarqand viloyati delegatsiyasi tarkibiga tumanimizdan 3 nafar salohiyatli tadbirkorlar kiritilgan bo’lib:

1.      "URGUT KAMOL JAMOL" XK rahbari Qobilov Jamol Zaynievich

2.      "ADXAM OBOD" XK rahbari Namazova Gulchexra Isroilovna

3.      "STOMA DENTA MUNAVVAR" MChJ rahbari Xatamov Sirojiddin Xoshimovichlar  mazkur ko’rgazmada ishtirok etishadi.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM