Navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi to‘qson oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligshi majlislar zalida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari va mas’ullar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibida quyidagi muhi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) Tumanda investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘lim boshlig‘i Sh.Razzoqovning hisoboti.

2) Aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, inson salomatligi va uni muhofaza qilish va jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Buriboyevning hisoboti.

3) Bulung‘ur tumanida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB JXX YHXB boshlig‘i D.Murodullayevning hisoboti.

4) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori asosida Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81- sonli Farmoniga asosan tumanda “Hokimlik bog‘i”ni tashkil etish to‘g‘risida.

6) Tuman mahalliy budjetining 2024-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘i hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida.

7) Tumanda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.

 

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM