Raqobatbardosh tadbirkorlik muhitini yaratish – bugungi kunning dolzarb vazifasi

Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 15-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli Qarori ham bu boradagi navbatdagi imkoniyatlardan biridir.

 

Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Feruz Abilov mazkur qarorning joylardagi ijro holati bilan tanishish maqsadida Bulung‘ur tumanida bo‘ldi. Xususan, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Ibragimov, viloyatdan biriktirilgan mas’ullar hamda bank rahbarlari hamrohligida tumanning Mehrjon, Guliston hamda Navbahor mahallalarida bo‘lib, mahalla mas’ullari, tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘ldi.

 

Suhbat davomida aholi bandligini ta’minlash, xususan, ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning manzilliligini ta’minlash, tadbirkorlar va tashabbuskorlarni xabardor qilish, tashabbuskorlarning tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish va kelgusida ham qo‘llab-quvvatlash borasida mas’ullar oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama etildi, zaruriy vazifalar tushuntirildi. Xususan, tadbirkorlar bilan suhbatlar davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM