Tomorqa – daromad manbayi!

Bulung‘ur tumani Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan tumanning Sarqipchoq hamda Sayltepa mahallalari aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.

 

Sarqipchoq mahallasida yashovchi Erkin Xolmamatov 2023-yilning bahor oylarida shaxsiy tomorqasining 8 sotix maydonida issiqxona tashkil qilib, limon va pakana bo‘yli (karlik), serhosil navli banan ekib, mo‘maygina daromad olib kelayotganligi kuzatildi.

 

Jumladan bir yillik limon daraxtidan hozircha 1000 kg.ga yaqin hosil olingan bo‘lib, sof daromadning o‘zi qariyib 26 mln. so‘mga bormoqda. Tomorqa egasining so‘zlariga ko‘ra, dastlab 10 tup ekilgan banan daraxti, hozirgi kunga kelib 50 tupga yetkazilgan. Birinchi terimdan 400 kg.  hosil olingan bo‘lib,  hozircha 15 mln. so‘mga sotilgan.

Shuningdek, o‘rganish davomida Sayltepa mahallasida yashovchi Keldibek Rabbimqulovning shaxsiy tomorqasida Ozarbayjon tajribasi asosida o‘rmon yong‘og‘i  (funduk) daraxtlari parvaishlanib kelinayotganligi kuzatildi. Suhbat davomida ushbu daraxatning iqtisodiy foydalari, uni parvarishlash borasida boshqa tomorqachilarga ham tushuncha berish maqsadida seminar tashkil etish taklifi bildirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM