Olis hududda aholi murojaatlari qabul qilindi

Bulung‘ur tumanida aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni ijobiy hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar davom etmoqda. Xususan, bugun tumanning olis chegara hududlaridan biri bo‘lgan Xo‘jamazgil mahallasida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

 

Mahalladagi 10-maktabda o‘tkazilgan tadbir davomida bildirilgan murojaat va takliflar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Valiyev, tuman hokimi S.Astonov, sektor rahbarlari, tumandagi xalq qabulxonasining mudiri Sh.Narmatov, hokim o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyarovalar tomonidan qabul qilindi.

Qayd etish lozimki, sayyor qabulga tumandagi barcha tashkilot va muassasa rahbarlari taklif etilgan bo‘lib, bildirilgan har bir murojaat shu joyning o‘zida soha mas’ullari va murojaatchi tomon ishtirokida muhokama etildi va zaruriy vazifalar belgilab olindi.

Yakunda bildirilgan murojaatlar uchun mas’ullar hamda aniq muddatlari belgilanib, ijroga qaratildi.

 

Sayyor qabuldan so‘ng rahbarlar “Alifbe” kitobini yakunlab, yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir guruh bolajonlarning tayyorgarlik jarayonlarini kuzatdilar. Ular bilan suhbatda bo‘lishib, esdalik sovg‘asi sifatida kitoblar topshirildi. O‘qtuvchilar bilan suhbatda maktabda yaratilgan sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM