Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kengash raisi S.Astonov huzurida o‘tgan yig‘ilishda tumanda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar: yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.

 

Raqamlarga ko‘ra, tumanda 3 marta tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengash yig‘ilishi o‘tkazilgan. Kengashda jami 6 ta masala ko‘rib chiqilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha 30 ta korxona va tashkilotlar bilan ikki tomonlama “Yo‘l xarita”lari tuzilib, ijroga qaratilgan.

 

Joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish holatini monitoring qilish bo‘yicha reja-jadvali ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu reja-jadvalga muvofiq 40 ta tashkilotdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati o‘rganilishi belgilangan. Hozirgi kunga qadar shulardan 34 tasida o‘rganish ishlari olib borilgan.

Qolgan 6 ta tashkilotda shundan 2 tasi dekabr oyida (jumladan, tuman Soliq bo‘limi va tuman elektr tarsoqlari korxonasi) shundan 4 tasi (jumladan, tuman Moliya bo‘limi, tuman gaz ta’minot korxonasi, tuman “Vatanparvar” tashkiloti va Halq banki tuman filiali) ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish holatini monitoring qilish jarayonida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarorining 7-ilovasi talablariga muvofiq 2022 yilda Bulung‘ur tumanida “Ma’naviyat va ma’rifat maskani”ni tashkil etildi.

 

Tuman hokimligi va markazning tuman  bo‘linmasi tashabbusi bilan joriy yilda “Milliy qadriyatlar xaftaligi”, “Mehr-muruvvat va saxovat”, “Ma’rifat ulashib” “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman”, “Ma’naviyat karvoni”. “Ma’naviyat festivali” kabi loyihalar asosida turli xil tadbirlar, davra suhbatlari, intellektual tanlovlar va aksiyalar o‘tkazilib, mazkur loyihalarda jami 1.920 nafar yoshlar qamrab olinib, 1110 dona kitoblar tumanning faol yoshlariga, kam ta’minlangan oila farzandlariga va kutubxonalarga sovg‘a qilingan.

Tuman bo‘limining telegram ijtimoiy tarmog‘ida t.me/Bulung’urmanaviyatmarkazi kanali, facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bulung‘ur tuman bo‘linmasi” rasmiy sahifasi ochilgan bo‘lib, sohaga doir yangiliklar yoritilib kelinmoqda.

Aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yozuvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, oilaviy kitob o‘qish an’analarini targ‘ib qilish, yoshlarni milliy adabiyotga, ona-Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Bulung‘ur hayoti” gazetasi qoshida “Yosh ijodkorlar” to‘garagi tashkil etilgan. Mazkur to‘garak a’zolarining she’r va hikoyalarini o‘zida mujassam etgan “Hayratlarga oshufta dillar” kitobi sentabr oyida 200 nusxada nashr etildi.

Muhokama davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, qator kamchiliklar ham borligi qayd etildi. Yoshlar ma’naviy kamolotidagi yuzaga kelayotgan bo‘shliqlarni barvaqt aniqlash va shunga ko‘ra ish tutish ertangi kelajagimizning mustahkam poydevorida muhim omillardan ekanligi ta’kidlandi.

 

Muhokamalar so‘ngida bildirilgan fikr va mulohazardan kelib chiqqan holda, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM