Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Bulung‘ur tumanida bo‘ldi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Bulung‘ur tumanida bo‘lib, tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

 

Xususan, viloyat hamda tuman rahbarlari ishtirokida hududlarni ko‘zdan kechirish davomida obodonlashtirish ishlari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi vazifalar ijrosi, qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanish hamda aholi tomorqalariga to‘qsonbosti ekinlari ekilishi borasidagi ishlar ahvoli bilan tanishdi. Kuzatilgan kamchiliklar yuzasidan soha mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Viloyat hokimi, shuningdek, tumanning Fozil Yo‘ldosh mahallasidagi 5-IDUMda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ta’lim muassasida o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlarni hozirlash borasida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

 

Bundan tashqari, viloya hokimi tumanning Olmazor mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida aholiga qulaylik yaratish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Yo‘l, oqova va ichimlik suvi, elektr ta’minoti borasidagi ishlar bilan tanishib, massivda aholi uchun maktab, “bog‘cha” kabi ijtimoiy soha obyektlarining qurilishiga ham e’tibor qaratish va bu boradagi vazifalarni kechiktirmaslik zarurligini ta’kiladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM