Sessiya: o‘z majburiyatini bajarmasdan kelayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini tugatish taklifi ma’qullandi

Tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyada tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlarining 2023-yil 3-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish, eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlar, hududdagi aholi kayfiyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatovning 2023-yil 3- chorak bo‘yicha axboroti tinglandi.

Sessiya kun tartibida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining tumandagi ijrosi hamda tuman bandlik dasturining ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari N.Sanaqulovning, 2023-yil 3-chorak davomida tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i I.Salimovning hisoboti tinglandi.

Bundan tashari, sessiya kun tartibida tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnoma intizomi buzilishi, shuningdek xo‘jalik faoliyatini samarasiz yuritilishi hamda boshqa salbiy aniqlangan holatlar natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, belgilangan normalarni muntazam ravishda buzib, o‘z majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan 52 ta fermer xo‘jaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

 

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM