Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish institutitak omillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining jinoyat-prosessual kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda

Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 23-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 4-avgustda ma’qullangan

Ushbu Qonun sudyalarning mas’uliyatini oshirishga, ishlarning sifatli va o’z vaqtida ko’rilishiga, sud qarorlarini qayta ko’rishda viloyat sudlarining hamda ularga teng lashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini keng aytirishga va noroziliklarning oldini olishga, shuningdek ortiqcha sarsongarchiliklarga yo’l qo’ymaslikka xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi JPKga «O’nbirinchi bo’lim.
hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish»; 55-bob bilan to’ldirildi.
Xususan JPKning 478-moddasida. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari
Sud hukmlarining, ajrimlarining, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyasiya, kassasiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin.
Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Samarqand viloyat sudining sudyasi X. Keldiyarova
Jinoyat ishlari bo’yicha Bulung’ur tuman sudining raisi J.Gaybullayev

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM