Bulung‘urda ishlab chiqarish tarmoqlari kengaymoqda

XinDeyuan Bioenginering Co. Ltd. kompaniyasi Xitoyda tibbiy qon plazmasi va qon tibbiy mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 30 yillik tajribaga ega yirik kompaniya bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 20 dan ortiq qon markazlari va Urumchi provinsiyasida ishlab chiqarish korxonasiga ega. Bugungi kunda korxona tomonidan Bulung‘ur tumanida ham qon plazmasi va qon preparatlari ishlab chiqarish kompleksi qurilishiga qiziqish bildirilmoqda.

 

Tuman hokimi Samandar Astonov hamda loyiha asoschisi Lyu Xianchjong o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda loyihaning huquqiy asoslari yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, loyiha uchun “Urgut” erkin istiqsodiy zonasi Bulung‘ur filiali hududidan 20 ga. maydon ajratilishi belgilandi.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 150 mln. AQSh dollari bo‘lib, yiliga 3 ming tonna qon dori vositalari ishlab chiqiladi hamda uning 70-80 foizi xorijga eksport qilinadi. Loyiha ishga tushishi natijasida 300 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM