O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy asoslarini mustahkamlash

2023 yil 30 aprelda o’tkazilgan referendumda  umum xalq ovoz berish orqali. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi qabul qilinganligi.Yangi O’zbekistonni barpo etishning konstitusiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiq o’tkazilgan prezidentlik sayloviyana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O’zbekistonni barpo etish yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to’liq qo’llab-quvvatlaganidan dalolat bermoqda.

Shu bilan birga, yangilangan konstitusiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli.Yangi O’zbekistonni barpo etish bo’yicha xohish-irodasini ro’yobga chiqarish, har bir fuqaroga o’z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog’lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo’g’iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonunustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-sonli “O’zbekiston -2030” strategiyasi to’g’risida” gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan barqaror iqtisodiy o’sish orqali daromadi o’rtachadan yuqori bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olish;

aholi talablariga va xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash asosiy g’oyalar etib belgilandi.

Qolaversa, mazkur Farmon bilan qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimidagi islohotlarni amalga oshirish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi:

Jumladan, Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar o’tish yo’laklarini (tugmali) svetoforlar bilan to’liq jihozlash.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish.

Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim prosessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish.

Ma’muriy sudlarga bevosita murojaat qilishga to’sqinlik qilayotgan omillarni to’liq bartaraf etish.

Sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini 50 foizga oshirish.

Sudga qadar hal etilishi mumkin bo’lgan nizolar yuzasidan sudlarga kelib tushadigan ishlar sonini 50 foizgakamaytirish.

Ma’muriy tartib-taomillar prinsiplarini yo’l harakatini tartibga soluvchi belgilar va ishoralarga to’liq tatbiq etish.

Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko’rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishiga erishish.

Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ko’rilayotgan jinoyat ishlarining 100 foizida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta’minlashga erishish.

Sud tizimini boshqarishga sudyalarning o’zini o’zi boshqarish tamoyilini to’la qonli joriy etish hamda sudyalar ham jamiyati organlari tizimini to’liq shakllantirish.

Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi bo’yicha 0,64 ballni to’plashga erishish.

Boshqaruv sifati indikatorlarining Huququstuvorligi yo’nalishi bo’yicha 61,5 ballni to’plashga erishish.

Yagona elektron reyestr yaratish orqali jinoyat ishi qo’zg’atilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilguniga qadar bo’lgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyatini joriy qilish.

Dalillarni to’plash va mustahkamlash faoliyatini zamonaviy texnologiyalar va so’nggi ilmiy yutuqlarni joriy qilish orqali to’liq raqamlashtirish.

Sud va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini ta’minlash bo’yicha ishlar toifasining kamida 30 foizini xususiy sektor yordamida ijro etishni yo’lga qo’yish.

Jiddiy oqibatlar bilan bog’liq yo’l-transport hodisalari sonini kamida 50 foizga kamaytirish.

100 foiz jinoyat ishlari va materiallarning elektron shakldagi nusxasini yuritish va ushbu ishlar bo’yicha elektron hujjat almashinuvini ta’minlash.

 

Advokatura institutini o’z-o’zini boshqarish tizimiga o’tkazish hamda uning davlat organlari va boshqa tuzilmalardan chinakam mustaqilligini ta’minlash.

Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish.

Advokatlarsonini kamida 2000 nafarga ko’paytirish.

Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo’yicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o’rtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasini kamida 50 foizga yetkazish.

«Transparency International» xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog’onaga ko’tarilishga erishish.

Davlat xaridlari to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirishga erishish.

Davlat xaridlarini to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda mablag’larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish bo’yicha jamoatchilik nazoratini to’laqonli joriy qilish.

100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning «korrupsiya dan xoli qonunchilik» tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlash.

Mazkur Faromn bilan qonun ustuvorligini ta’minlash va sudu quq tizimidagi islohotlarni amalga oshirish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.

JIB Bulung’ur tuman sudining raisi J.Gaybullayev

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM