Suvdan oqilona foydalanish - bugungi kunning talabi

50 yildan keyin suv muammosi qanchalik darajaga chiqishini tasavvur qila olasizmi? Bizga hozircha katta muammodek ko‘rinmayotgan bu masala kelajak avlod uchun katta xavf solishi mumkin. Buning oldin olish uchun esa suvdan foydalanishda ham ilm talab qilinadi.

 

Aynan shu maqsadda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan “Agrobank”, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Suvchilar maktabi” tashkil etildi.

 

Bulung‘ur tumanidagi 11-sonli Madaniyat markazida ushbu maktab mas’ullari ishtrokida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Agrobank ATB Bosh ofisidan guruh rahbari G‘oyibkulov Abdullo, Turkiya Respublikasidan ziroat muxandisi Muxammad Temil, Qarshi Irrigatsiya va agrotexnalogiyalar unversiteti katta o‘qituvchisi Ruzimurodov Alisherlar tomonidan loyihaning mazmun-maqsadi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

 

Xususan, seminar davomida spikerlar tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga bugungi kunda o‘z sohalarida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotiga joriy etilayotgan yangi bilim va ko‘nikmalarni egallagan holda, o‘z faoliyatlarini takomillashtirib, suvdan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishish borasida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida qishloq xo‘jaligi vakillari, fermer xo‘ajliklari raislari, suvchilar tomonidan mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM