Ijrosini kechiktirib bo‘lmas masalalar muhokama markazida bo‘ldi

Bulung‘ur tumani 1-sektor shtabida naIjrosini kechiktirib bo‘lmas masalalar muhokama markazida bo‘ldivbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida tadbirkorlik qilish maqsadida olingan yer maydonlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlar muammolarini o‘rganish, bo‘sh turgan xususiy binolarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish, “K-savdo ATT” platformasi orqali sotilgan ko‘chma savdo obyektlarining haqiqatda o‘rnatilishi yuzasidan tuzilgan ishchi guruhlarning o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Xususan, aniqlanishicha, 2013-yildan bugunga qadar 16 ta holatda tadbirkorlik uchun yer ajratilgan bo‘lishiga qaramasdan qurilish ishlari boshlanmagan, 18 ta holatda qurilish ishlari boshlangan bo‘lsada, bugunga qadar yakunlanmagan. Shuningdek, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, tuman bo‘yicha 237 ta xususiy bo‘sh turgan obyektlar aniqlangan. Yoki ko‘chma va yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etish bo‘yicha 477 ta holat o‘rganilganda, ulardan 72 tasi ishga tushgan bo‘lsa, 82 tasida qurilish ishlari bitmaganligi, 323 ta holatda esa ishga tushirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

-    Bizga har kuni kimdir tadbirkorlik uchun yer so‘rab keladi. Ammo, yangi ish o‘rni yaratish, oilalarga qo‘shimcha daromad keltirish mumkin bo‘lgan shuncha imkoniyalar ishlatilmasdan turibdi. Har bitta holatga alohida yondashilib, muddatiga rioya etilmagan holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim, deya ta’kidladi tuman hokimi Samandar Astonov.

Shuningdek, kun tartibida mahallalardagi ro‘yxatga olingan yoshlar bilan ishlash borasidagi kamchiliklar, barcha darajadagi murojaat va topshiriqlarning ijro intizomi, “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlari, hududlarda obodonlashtirish ishlarining ahvoli kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida kun tartibida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan mavjud vaziyat tahlil qilinib, mas’ullar oldiga aniq vazifa hamda muddatlar belgilab berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM