Hududlardagi obodonlashtirish, bunyodkorlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi

Bulung‘ur tumani hokimi S.Astonov hamda sektor rahbarlari tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, soha mas’ullari va tegishli mahalla raislari ishtirokida avtobusda yurib, hududlardagi obodonlashtirish, bunyodkorlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Erta tongdan tumanning Yangiobod mahallasidan boshlangan o‘rganish Beshqo'ton, Bog'bon, Do'stlik, Mingtepa, Samarqand, Ulug‘bek, Yangiariq, Olmazor, Fozil Yo'ldosh, Bo'dana, Erganakli, Nurli Yo'l, Mingchinor, Gulzor, Kichik Kildon, Kildon, Sarqipchoq, Cho'yantepa, Chorbog', Mehrjon mahallalari bo‘ylab davom etdi.

Jarayon davomida hududlardagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur hollarda harakatsiz bo‘lgan mas’ullarga tegishli intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Xususan, yo‘l, elektr ta’minoti, irrigatsiya tizimi, ekologiya, obodonlashtirish tarmoq rahbarlariga, qishloq xo‘jaligi yerlari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yuzasidan mahalla va agrofirma mas’ullariga ko‘rsatma va e’tirozlar bildirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM