Murojaatlar qabuli – muammolar yechimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lb o‘tdi. 

Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tuman hokimi S.Astonov, tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov, hokim o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyarova tomonidan qabul qilindi.

Qabul davomida 44 nafarga yaqin fuqarolar tomonidan turli masalalarda murojaatlar bildirildi. Har bir masala soha mas’ullari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi, zarur hollarda murojaatchilarga huquqiy tushunchalar berildi.

 Yakunda 38 dan ortiq murojaatlar ijro va nazorat uchun ro‘yxatga olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM