Maqsad: aholi roziligi, islohotlarning quyi bo‘g‘inga qadar yetib borishini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 27-iyul kuni Farg‘ona viloyatida investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan jamoatchilik va deputat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh vakillari Bulung‘ur tumanida bo‘lishdi.

 

Qonunchilik palatasi deputatlari tuman hokimi Samandar Astonov hamrohligida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog‘liq bir qancha muhim masalalar bilan tanishdilar. Xususan, tuman markazida Axborot-kutubxona markazi uchun zamonaviy bino qurish, tumanda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida ijtimiy soha obyektlarini qurish, atoqli baxshi Fozil Yo‘ldosh nomidagi muzy faoliyatining tashkiliy jihatlariga oid masalalar, shuningdek, tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish bilan bir qatorda mavjud muammolar, tumanda yerdan unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar natijadorligi o‘rganildi.

 

Ishchi guruh o‘rganishlari davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarning ijobiy yechimi yuzasidan viloyat hamda respublika darajasidagi takliflar ishlab chiqilishi hamda muhokamaga kiritilishi belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM