Migrasiyadagi yoshlar bilan olib borilgan ishlar ochiqlandi

Navbatdagi matbuot anjumanida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Bo‘riboyev ishtirok etdi.
Hokim o‘rinbosari xorijiy davlatlarda bilim olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan tuman fuqarolarini, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.


Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi aholining 60-foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil qilganidek, Bulung‘ur tuman aholisining katta qismini ham yoshlar tashkil etmoqda. 2022-yil boshida dastlabki o‘tkazilgan hatlov natijalariga ko‘ra, tumanimizda 3.152-nafar yoshlar ishlash maqsadida chet davlatlarga ketiganligi aniqlangan edi. Bugungi kunda 2.888-nafar chet elda yurgan yoshlar mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki tumanimizning infaratuzilmasi yaxshilanib, bo‘sh ish o‘rinlari ortib borayotganligi bu o‘z navbatida yoshlarning noqoniy tarzda chet davlatlarga ishlash uchun ketuvchilar soni sezilarli kamayib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Masalan, 67-nafar yoshlar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda qonunniy tarzda ishlash maqsadida yuborilgan. 2.523-nafari noqununiy tarzda ishlash maqsadida xorijiy davlatlarga ketgan. 121-nafari esa ta’lim olish, 90-nafari yashash hamda ishlash maqsadida xorijiy davlatlarda.


Migrasiyaga ketgan yoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatish, ularning xozirda holati, nima ish bilan shug‘ullanayotganligi, ijtimoiy ahvolidan habardor bo‘lish maqsadida har bir mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan telegram messenjerida guruhlar tashkil qilinib, doimiy ravishda videochat orqali suhbatlar tashkil etib kelinmoqda.
Bundan tashqari 115-nafar migrasiyaga ketgan yoshlarning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning 32-nafariga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berildi. 61-nafariga dehqonchilikda foydalanishi uchun 10-yil ijara huquqi asosida yer maydonlari olib berildi. 6-nafariga hokim yordamchilari bilan hamkorlikda kreditlar ajratildi va 5-nafarining kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi. 3-nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, 4-nafarining safarbarbarlik chaqiruv rezervi badallari 100-foiz qilib to‘lab berildi hamda boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.
Hozirgi kunda Yoshlar ishlari agentligi Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan migrasiyada yurgan yoshlarning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatilib, doimiy ravishda ovozli chatlar, video chatlar o‘tkazib kelinmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM