“Keksalar haftaligi” doirasida bir piyola choy ustida nuroniylar suhbati tashkil etildi

Bulung‘urda “Keksalar haftaligi” davom etmoqda. Xususan, bugun tumandagi ko‘pni ko‘rgan, jamoatchilik orasida faol, yoshlarga o‘z pand-nasihatlari bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar uchun tumandagi muhtasham bazmgohlardan birida bir piyola choy ustida bazm dasturxoni tashkil etildi.

 

Tadbir davomida tuman hokimligi Madaniyat bo‘limi tomonidan ijro etilgan mumtoz kuy-va qo‘shiqlar, raqslar barchaga dillarga orom baxsh etdi. Nuroniylar to‘kin dasturxon ustida kecha, bugun va ertamiz haqida suhbatda bo‘ldilar.

 

Tadbir davomida nuroniylarga tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar – joynamozlar tarqatildi. Yurtimiz tinchligi, farovonligi so‘ralib duoga qo‘l ochildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM