To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi

Bulung’ur tumani hokiminig o’rinbosari - investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish bo’limi boshlig’i Anvar Xaliqulov ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi. Tadbirda “to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida so’z yuritilib, hokim o’rinbosari tomonidan ma’lumot berildi.

Unda ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-72-sonli qaroriga asosan tumanda 2022 yilda 2 ta korxona tomonidan 8,0 mln.AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan.

Jumladan: 2021-2023 yillarga "SAMARKAND-KZT EKO MILK KOMPANIY" MChJ QK tomonidan “Issiqxona va chorvachilik komleksi tashkil etish” loyihasini amalga oshirish belgilangan. Loyiha qiymati
17,5 mln.AQSh dollar bo‘lib, shundan 2022 yilda 3 mln.AQSh dollar miqdorida xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi hamda loyiha ishga tushirilgandan so‘ng 80 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 2022 yilda "G‘o‘bdin sof parrandalari" MChJtomonidan qiymati 6 mln.AQSh dollar bo‘lgan “Parrandachilik xo‘jaligini tashkil etish” loyihasini amalga oshirilmoqda. Natijada yil yakuniga qadar 5 mln.dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtiriladi va 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, Davlat raxbarining xar bir shaxar tuman qo‘shimcha
50 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirish bo‘yicha bergan topshiriqlariga yuzasidan 94 mln.dollarlik 9 ta loyiha takliflari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu loyihalar doirasida joriy yilda 38,5 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtiirilishi rejalashtirilgan.

        Misol uchun 2022 yilda “JIZZAX KENTEKS” MChJ tomonidan Guliston mahalasidagi eski vin zavod o‘rnida 5 gektar maydonda kalava ip xom-ashyosini tayyorlash va tayyor mahsulotlargacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish komleksini tashkil etish uchun Germaniya davlatidan 20 mln.dollarlik to‘qimachilik uskunalari olib kelib o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Loyiha to‘liq ishga tushgach 1500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

2. Hududiy investitsiya dasturi bo‘yicha:

Tumanda 2022 yilda umumiy qiymati 327 mlrd. so‘mlik 33 ta hududiy investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ushbu loyixalar ishga tushirilishi natijasida qo‘shimcha 2512 nafar, shundan, 337 ta doimiy, mavsumiy va qurilish ishlarida 2175 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Jumladan, yanvar-aprel oylarida hududiy hamda qo‘shimcha ishga tushirilgan 8 ta loyiha hisobidan 81 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

3. Eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risida:

2022 yil uchun 17,4 mln.dollar miqdorda eksport prognoz rejasi belgilangan bo‘lib, shundan 1,4 mln.dollar sanoat mahsulotlari, 16,0 mln.dollar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

Joriy yil yanvar-aprel oyi uchun 5 mln. 142 ming dollar eksport prognozi belgilangan bo‘lib amalda 6 mln. 680 ming dollar miqdordagi mahsulotlar eksportga chiqarilib, reja 130 foizga bajarildi.

Misol uchun oladigan bo‘lsak, "Samarqand Garden plast" MChJ qo‘shma korxonasiga tegishli 1000 gektar bog‘da joriy mavsumda 8 ming tonna gilos, olcha va shaftoli mahsulotlari yetishtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2,5 mln.dollar eksport amalga oshiriladi.

4. Bo‘sh turgan binolar bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 13avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda 261 ta bo‘sh turgan xususiy obektlar ro‘yxatiga olingan. Ularning negizida qiymati 44 mlrd. 205 mln so‘mlik 100 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqilib, 384 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

 

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM