Navbatdagi sessiya kun tartibida qanday masalalar ko‘rib chiqildi?

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining navbatdagi 62-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Kotibiyat mudiri Alijon Shokirov raisligida o‘tgan sessiya kun tartibida 10 ta masala ko‘rib chiqildi.

 

Jumladan, kun tartibidagi birinchi masalaga muvofiq, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlarining 2022-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Unda 1-chorak har bir sektor hududida amalga oshirilgan kommunal sohadagi o‘zgarishlar, tadbirkorlik rivoji, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish kabi sohalardagi natijalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, sessiya davomida 2022-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha tumanda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash borasida tuman yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i S.Bozorovning hisoboti, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Otamurodovning tumanda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti, Bulung‘ur tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining aprel oyi yakuni ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayevning hisoboti, tuman hokimligi ijro intizomi-nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Suyarovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166- sonli Farmoni ijrosi yuzasidan axboroti, “Temir daftar”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida, Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi "Xotin-qizlarnining jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha" komissiyasi nizomi va tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida, Bulung‘ur tumani hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘ining 2022-yil yanvar – aprel oylarida amalga oshiriladigan investitsiya dasturlari doirasida yaratiladigan ish o‘rinlari to‘g‘risida, 2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar yuzasidan tuman ishchi guruhining hisoboti to‘g‘risida, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tavalludining 150 yillik yubleyini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan hafta davomida batafsil ma’lumotlar berib boriladi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM