Profilaktika inspektorlarining faoliyati samaradorligi muhokama qilindi

Bulung‘ur tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagiIchki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli Qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i E.Madjidov. tuman hokimi S.Astonov, tuman prokurori S.Saidov, tuman tuman IIB rahbariyati va profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.

 

Kun tartibida profilaktika inspektorlari tomonidan har bir oila va xonadondagi muhitni, shuningdek, huquqbuzarliklar sodir etilishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, infratuzilma va boshqa muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etish bo‘yicha «Xavfsiz xonadon» va «Xavfsiz hovli» tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jarayon davomida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

 

Muhokamalar davomida xodimlarning samarali xizmat faoliyat olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan xizmat uylaridan foydalanish ahvoli ham tahlil qilinib, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM