Hokim profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi

Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi, tuman prokuraturasi, tuman IIB, DXX tuman bo‘limi rahbariyati, tumandagi hamkor tashkilotlarning rahbarlari, mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.

 

Unda so‘z yuritilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni bilan jamoat xavfsizligi ta’minlovchi va ishtirok etuvchi subyektlarning xizmat vazifalari belgilab berilgan. Biroq, uchrashuv davomida ta’kidlanganidek, barcha mas’ullar ham o‘z vazifasini sidqidildan ado etishyapti deb bo’lmadi. Uchrashuv davomida bu boradagi muammo va kamchiliklar yuzasidan so‘z yuritildi.

Tuman hokimi Samandar Astonov bugun mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash faqatgina profilaktika inspektoriga tashlab qo‘yilmasligi zarurligi, bunda belgilangan mas’ullar, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishlari lozimligini ta’kidlab, har bir mahalladagi profilaktika inspektori o‘z xizmat faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalada nafaqat bo‘lim rahbariyati, balki tuman hokimiga ham murojaat qilib, masalani olib chiqishi lozimligini bildirdi.

Uchrashuv davomida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda kelgusi chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM