Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati tomonidan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi binosida o‘tkazilgan qabulda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i R.Kenjayev, Samarqand viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Oqbutayev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi, tuman g‘aznachilik xizmati bo‘limi, tuman budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida bugungi kunda fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish, hal etish, davlat boshqaruv organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish kun tartibidagi asosiy masala ekanligini ta’kidlandi. Bulung‘ur tumanida o‘tkazilayotgan mazkur sayyor qabul huddi shu ishlarning davomi ekanligini va bunday qabullar tizimli ravishda davom ettirilishi ma’lum qilindi.

 

Shundan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, tegishliligi bo‘yicha soha mas’ullari ishtirokida atroflicha muhokma qilindi. Qabul davomida jami 13 ta murojaat ijro uchun ro‘yxatga olinib, mas’ullar va ijro uchun aniq muddatlar belgilab olindi.

Qabul so‘ngida mas’ullar oldiga bir qancha muhim masalalar belgilab berildi. Xususan:

- qonunan hal etib bo‘lmaydigan murojaatlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish; 

- takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida berilayotgan javoblarni sifatli va qonuniy asoslangan bo‘lishini ta’minlash,

- murojaatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha murojaatni kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mas’ullarning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish,

- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida qonunga qat’iy amal qilgan holda ko‘rib chiqish choralarini ko‘rsish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM