2023-yil 1-chorak yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta‘minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy Budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta‘minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangilangan “Ochiq Budjet” axborot portalini ishga tushirdi.

“Ochiq Budjet” portalining tashkil etilishidan maqsad bevosita fuqarolar tashabbusi va talablarini inobatga olgan holda hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga PQ-5072-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi 1 116,4 mln.so‘m,   tuman    mahalliy budjetining  5 foizi  5 476.2 mln.so‘m mablag’lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi.

 “Ochiq Budjet” axborot portali 3 bosqichda amalga oshirildi:

1-bosqich. Fuqarolar tomonidan “Ochiq Budjet” axborot portaliga loyiha takliflari joylashtirildi. Bu jarayon joriy yilning 6-fevraldan 26-fevralgacha davom etdi. Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig‘ida 146 ta takliflar kelib tushdi.

2-bosqich. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy Budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarori va bu boradagi Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 23-apreldagi “Mahalliy Budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi 189/31-sonli qarori bilan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh fuqarolar tomonidan “Ochiq Budjet” axborot portaliga joylashtirilgan loyihalarni mezon me’yorlariga asosan tanlab olishdi. Jarayon joriy yilning 26-fevraldan 18-martgacha davom etdi. Bunda ishchi guruh tomonidan takliflarning mezonga mosligi va taklif loyihalarining summasiga aniqlik kiritildi. Ushbu jarayonda ishchi guruh tomonidan qiymati 106,4 mlrd.somlik 104 ta takliflar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o‘tkazildi va taklif mualliflarining shaxsiy kabinetiga takliflari ovoz berish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi. Qolgan 42 ta taklif mezon talablariga to‘g‘ri kelmaganligi va bir-birini takrorlaganligi sababli rad javobi berildi va taklif bergan fuqarolarning shaxsiy kabinetiga rad etishning sabablari to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.

3-bosqich. Ishchi guruh tomonidan mezon me’yorlariga asosan tanlab olingan loyihalar “Ochiq Budjet” axborot portaliga ovoz berish uchun joylashtirildi. Jarayon joriy yilning 18-martdan 7-aprelgacha davom etdi. Bu jarayonda tumanimizning 158 190 dan ortiq fuqarolari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan taklifga ovoz berib faol ishtirok etishdi.

Yakuniy xulosa ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib aniqlandi. Bunda eng ko‘p ovoz to‘plagan 6 ta taklif  g‘olib deb topildi.

“Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hisobidan 1-orin “Changal-1” mahallasidagi Yangi Diyor ko‘chasiga asfalt yotqizish uchun 1.2 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 2-orin “Bulung‘urariq” MFY” hududida joylashgan 51-sonli maktabning sinfxonalari va kutubxonasini zamonaviy maktablar darajasida jixozlash 1.2 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 3-orin “Kildon” MFY  hududidagi 2-maktabni joriy ta’mirlash moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun 1.2 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 4-o‘rin “Xo‘jabachcha” mahallasi hududidagi 43-maktabga qo‘shimcha bino qurish va jixozlash uchun 1.2 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 5-orin “Esonturdi” MFY hududidagi Zarafshon qishlog‘ininig ichki yo‘lini asfalt qilish uchun 1.2 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 6-orin “Nurli yo‘l” MFY joylashgan 4-sonli maktabni ta’mirlash va jixozlash uchun  1.2 mlrd.so‘mlik takliflar g‘olib deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarorga asosan Respublika budjetidan qo‘shimcha 2 mingdan ortiq, ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 9 ta loyiha  g‘olib deb topildi va amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda  9,1 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. 7-orin “Beshkuvi”  mahallasidagi 37-umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, AKT vositalari va o‘quv partalarini yangilash uchun 700.0 mln.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 8-orin "Oqtepa" MFY joylashgan Achamoyil qishlog‘idagi ichki yo‘lni asfalt qilish 1.2 mlrd.so‘mlik taklif  g‘olib deb topildi. 9-o’rin "Sohibkor" MFYdagi  5-IDUMning oshxonasini joriy ta’mirlash, oshxona anjomlari, maishiy texnikalar, o‘quvchilar ovqatlanishi uchun 240 o‘rinli zamonaviy stol-stullar bilan ta’minlash       1.1 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 10-o’rin “Elobod” MFY Changal qishlog‘ini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va tarmoq tortish 800.0 mln.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 11-orin "Kichik Kildon" MFY 42-maktabga sharoitni yaxshilash maqsadida 120-o‘rinli oshxona qurish va jihozlash 700.0 mln.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi.

12-orin "Samarqand" MFYdagi 46-maktabning tashqi ko‘rinishi va tom qismi judayam eski holda joriy ta’mirlash uchun 1,0 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi.   13-orin “Nurli yo‘l” MFYda joylashgan 4-sonli maktabni ta’mirlash va jixozlash uchun  1.2 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 14-orin “Sahovat” MFYda joylashgan 44-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 180-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish 1.2 mlrd.so‘mlik taklif g‘olib deb topildi. 15-orin “Dehqonobod” MFYda joylashgan Changal-5 qishlog‘ining ichki yo‘lini asfalt qilish uchun 1.2 mlrd.so‘mlik takliflar g‘oliblar deb topildi.

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini amalga oshirish mexanizmi va uning mohiyatini aholi o‘rtasida tizimli ravishda keng yoritib borilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi moliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligining rasmiy veb-saytida maqola va video ro‘liklar joylashtirildi hamda “Bulung‘ur hayoti” gazetasiga maqolalar chop etildi va bajarilgan ishlar natijasi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari yoritilishi ta’minlandi.

 

Bulung’ur tumani tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha

MA’LUMOT

2023-yil 1-aprel holatiga

 

T/r

Ko‘rsatkich nomi

Summa
(ming so‘m)

1.

Yil boshiga qoldiq

1 160 013

2.

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘*

6 711 849

3.

Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar**

0,0

3.1.

Tadbirlarni amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlarga bajarilgan ishlar uchun to‘langan mablag‘lar

0

3.2.

Tadbirlarni moliyalashtirishga ajratilgan, biroq pudratchi tashkilotlarga to‘lab berilmagan qoldiq mablag‘lar

0

4

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidagi qoldiq mablag‘lar

7 871 862,0

T/r

Bajarilgan tadbirlar nomi

Moliyalash-tirilgan takliflar soni

ko‘rsatkichlar

o‘lchov birligi

miqdori

sariflangan mablag‘lar

1.

Hududiy ichki yo‘llar

5

umumiy uzunligi

10.5

6 000 000

2.

Umumiyta’lim maktablarini ta’mirlash va jihozlash

9

soni

9

9 500 000

3.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va jihozlash

 

soni

 

 

4.

Sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va jihozlash

 

soni

 

 

5.

Boshqa ijtioiy soha muassasalarini ta’mirlash va jihozlash

 

soni

 

 

6.

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash

1

umumiy uzunligi

4

800000

7.

Ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish

 

chiroqlar soni

 

 

8.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish

 

tadbirlar soni

 

 

9.

Boshqa tadbirlar

 

soni

 

 

 

Izoh: *Ushbu qatorda mazkur ma’lumotning 1-ilovasidagi Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga haqiqatda o‘tkazilgan mablag‘lar ustunining Jami ajratilgan mablag‘lar qatoridagi mablag‘lar aks ettiriladi.

**Ushbu qatorda mazkur ma’lumotning 2-ilovasidagi Ajratilgan mablag‘lar ustunining jami qatoridagi mablag‘lar aks ettiriladi. (2022-yilda mablag‘ ajratilgan)

 

 

Bulung’ur tumani tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha

MA’LUMOT

2023-yil 1-aprel holatiga

T/r

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga haqiqatda o‘tkazilgan mablag‘lar

Farqi

Izoh

1-чорак

2-чорак

3-чорак

4-чорак

1.

Tuman budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi miqdorida ajratiladigan mablag‘lar

5476,2

 

 

 

5476,2

0,0

 

2.

Tuman budjetining qo‘shimcha manbalarining 30 foizi miqdorida ajratiladigan va boshqa mablag‘lar

2401,8

 

 

 

2401,8

0,0

 

2.1.

Shu jumladan

erkin qoldiq mablag‘lari

1116,4

 

 

 

1116,4

0,0

 

2.2.

2022-yildan iqtisod qilingan mablag‘

1279,2

 

 

 

1279,2

0,0

 

2.3.

QQSning 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi

0

 

 

 

0

0,0

 

3.

Jami ajratilgan mablag‘lar

7871,8

0,0

0,0

0,0

7871,8

0,0

Х

 mln.so‘m

 

 

Bulung’ur  tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (2022-yilda g‘olib deb topilib,       2023-yilda ham davom etayotgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltilgan mablag‘lar yuzasidan

MA’LUMOT

2023-yil 1-aprel holatiga

 

T/r

Tadbirning xos raqami (ID)

Jami to‘plangan ovozlar soni

shundan

Tadbirning qisqacha mazmuni (sohasi)

Tadbirning moliyalashtirilishi (mln.so‘m)

onlayn ovozlar

SMS orqali

Tadbirni moliyalash-tirish uchun ochilgan hisobvaraq

Tadbirning fuqaro tomonidan kiritilgan dastlabki qiymati

Tadbir-ni amalga oshirish qiymati*

Ajratil-gan mablag‘-lar

Bajarilgan ishlar uchun to‘lab berilgan mablag‘lar

Qoldiq mablag‘lar

1

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

JAMI:

 

 

 

 

 

 

Izoh: * 2022-yilda tadbirlarni moliyalashtirishga ajratilgan, hamda 2023-yilda davom etayotgan loyihalar. Mavjud emas

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM