Bulung‘urga qariyb 9 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

Joriy yilning 10-aprel kuni Prezidentimizning “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, joriy yilgi “Tashabbusli budjet” jarayoni 1-mavsumida g‘olib bo‘lmagan, ammo 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan loyihalar qo‘shimcha tarzda moliyalashtirilishi belgilandi.

Mazkur Qaror bilan Bulung’ur tumanida yana 9 ta tashabbus moliyalashtirilishi belgilandi. Yurtdoshlarimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu takliflar uchun respublika budjetidan 9 milliard 100 million so‘m ajratiladi.

 

Tumanimizdagi qo‘shimcha loyihalashtiriladigan 9 ta loyiha quyidagilar:

  • Beshkuvi mahallasidagi 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish. AKT vositalari va o'quv partalarini yangilash loyihasi 10 524 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, 700 mln. so‘m;
  • Ooqtepa mahllasida joylashgan Achamoyil qishlog'i ichki yo'llarini asfaltlash taklifi 10 475 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, 1 mlrd. 200 mln. so‘m;
  • Tumandagi 5-IDUMning oshxonasini joriy ta'mirlash, oshxona anjomlari, maishiy texnikalar, o'quvchilar ovqatlanishi uchun 240 o'rinli zamonaviy stol-stullar bilan  ta'minlash hamda toza ichimlik suvi chiqarish va tarmoqqa ulash taklifi 9 917 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, 1 mlrd. 100 mln. so‘m;
  • Suluvqo'rg'on mahallasi ichki ko'chalaridan 2.5 km qismini asfaltlash taklifi 8 229 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, 1 mlrd. 200 mln. so‘m;
  • Elobod mahallasi Changal qishlog'ini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash va tarmoq tortish taklifi 8 007 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, 800 mln. so‘m;
  • Tumandagi 42- umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 120 o'rinli oshxona qurish va jihozlash taklifi 6 636 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, 700 mln. so‘m;
  • 46- umumiy oʻrta taʼlim maktabining fasad va tom qismini ta’mirlash taklifi 5 856 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, 1 mlrd. so‘m;
  • Tumandagi 44-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 180 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish taklifi 4 993 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, 1 mlrd. 200 mln. so‘m;
  • Dehqonobod mahallasi Changal-5 qishlog‘ining ichki yo‘lini asfaltlash taklifi 2 162 ta ovoz to‘plagan bo‘lib, loyiha uchun 1 mlrd. 200 mln. so‘m mablag‘ ajratish so‘ralgan.

 

Ma’lumot uchun, tashabbusli budjet jarayonlarining joriy yilgi 1-mavsumida Bulung‘ur tumanidan jami 69 577 ta ovoz to‘plagan holda 6 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi. Ularni moliyalashtirish uchun jami 7 mlrd. 200 mln. so‘m mablag‘lar ajratilishi belgilangan. Xulosa qiladigan bo‘lsa, jarayonlarning 1-mavsumida tumanda jami 16 mlrd. 300 mln. so‘mlik tashabbuslar ro‘yobga chiqarilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Qaroriga bilan, jihozlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning so‘nggi muddati shu yilning iyul oyi hamda qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalarni ro‘yobga chiqarishning so‘nggi muddati sifatida shu yilning avgust oyi belgilangan. Demak, tashabbus egalari o‘z tashabbuslarini ro‘yobini qisqa fursatda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

 

Tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM