Muammodan mas’ullarning xabari bor, yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilangan

"Zarafshon" gazetasining joriy yil 16-mart sanasida bosilib chiqqan 31-32-sonida  Bulung‘ur tumanidagi Bulung‘ur va Istiqlol mahallalarini bog‘lab turuvchi Azlarbuloq va Spitamen ko‘chalari to‘g‘risidagi tanqidiy material e’lon qilindi.

Holat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, Azlarbuloq ko‘chasi tabiiy chuqurlikda joylashgan ko‘cha bo‘lib, ko‘chada aholining turar joylari mavjud. Chuqurlikda joylashgan ko‘chada irrigatsiya yechimini yaratishning imkoni bo‘lmaganligi sababli, mazkur ko‘cha aholsi yillar davomida yog‘ingarchiliklardan aziyat chekib kelishadi. Shu sababdan yomg‘ir suvlarini ko‘chaga tushishining oldini olish maqsadida suvning yo‘li berkitilgan. Natijada hududdagi Spitamen ko‘chasida irrigatsiya masalalari bilan bog‘liq muammoli holat yuzaga kelmoqda. Maqolada ham aytilganidek, bunga ko‘chadagi mavjud lotoklar aholining qurilishlari davomida noqonuniy ravishda yopilb yuborilgan.

Mazkur muammodan tuman rahbariyatining xabari bor bo‘lib, hokim o‘rinbosari Norbuta Sanaqulov aholi bilan joyida o‘rganish davomida aholining uylari tagligini ko‘tarib, mustahkamlash, ko‘chani tuproq bilan to‘ldirib, ko‘tarish to‘g‘risida xulosaga kelingan. Bu borada esa, ko‘cha aholisining bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishlari mumhim.

Shuningdek, Spitamen ko‘chasida suv to‘planishining oldini olish maqsadida, soha mutaxassislarining taklifi bilan, Bulung‘ur mahallasi Oqtepa ko‘chasi tomonga irrigatsiya arig‘i (lotok) tortish reja qilingan. Mazkur masala 2023-yil yakuniga qadar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, natijada Spitamen hamda Azlarbuloq ko‘chalaridagi suv toshqinlari bilan bog‘liq muammolar o‘z yechimini topishi kutilmoqda.

Maqolada tilga olingan 22-umumta’lim maktabi, Bolalar va o‘smirlar-sport maktabi, mahalladagi yoshlar istirohat bog‘iga borishda asosan Spitamen ko‘chasidan foydalaniladi va mazkur ko‘cha to‘liq asfalt qilingan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM