Bulung‘ur tumanida xotin-qizlarni sog‘lom va yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahriyaritida “Tumandagi xotin-qizlarni sog‘lom va yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida navbatdagi matbuot anjmuni o‘tkazildi. Mavzu yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nasiba Mamadiyarova tomonidan ma’lumot berildi.

Tadbir davomida ma’lum qilinganidek, tumandagi oilalar va xotin-qizlar o‘rtasida “Oila muqaddas dargoh”, “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz”, “Yangi O‘zbekistonning Ibratli oilasi”, ”Yil ayoli”, “Gender tenglik faoli”, “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovlari, “Salomatlik tuman boylik”, “Sport nafislik-sog‘lomlik manbai”, “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori  ostida piyoda yurish marafoni, “Faravon oila”, “Siz qonun himoyasida”, “Qaynona va kelin” mavzularida ko‘rik-tanlovlar, jamoat tashkilotlari ishtirokida qishloq ayollari kuniga  bag‘ishlab “Ayoli ezozlangan yurt” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbirlar, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Oila muqaddas dargoh”, ”Ayol e’zozda”, “O‘zbek ayoli”, “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz”, “Yangi O‘zbekistonning Ibratli oilasi” ko‘rik tanlovlari, “Siz qonun himoyasidasiz”, “Qaynona va kelin” mavzularida davra suhbatlari ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahalalarda tashkil etilib kelinmoqda.

 

Tumandagi korxona va tashkilotlarda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar maktablarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni sog‘lom va yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasida tadbirlar Zarafshon, Qo‘ng‘irot, Mehrjon, Bulung‘ur, Nebo‘sa, Mingchinor, Bo‘dana, Sohibkor, Kildon, Kichik Kildon, Alisher Navoiy, Qirq shodi, Kaptarxona, Guliston, Kattaqishoq, Yangiariq, Yangiobod, Beshqo‘ton, Cho‘yantepa, Gulobod mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan tadbirlar tashkil etildi.

Mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari: Ayollar maslahat kengashlari, Ota-onalar Universiteti a’zolari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, Buvijonlar maktabi a’zolari, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari, Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari bilan hamkorlikda tumandagi korxona va tashkilotlarda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar maktablarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘tgan davr mobaynida 11 nafar oliy ta’lim muasssasalarida tahsil olayotgan, 1 nafar Pedagogika kollejida tahsil olayotgan xotin-qizlarga Davlat budjeti tomonidan to‘liq kontraktlari to‘lab berildi.

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzod qizlarni tavsiya etish bo‘yicha joriy yilning 4-oktabr kuni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning viloyat bosqichiga 7 nafar iqtidorli qizlar nomzodlari tavsiya etilib, viloyat bosqichida ishtirok etishdi.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 2022 ta ish o‘rni rejalashtirilgan bo‘lib, amalda ish bilan ta’minlanganlar soni 2066 nafar tashkil etmoqda. Shundan 813 nafari yoshlar. 914 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Shuningdek markazga murojaat qilgan fuqarolarni kasbga qayta o‘qitish yuzasidan 2022-yilda 631 ta rejalashtirilgan bo‘lib, Dastur bo‘yicha yanvar-sentabr oylarida amalda 577 taga bajarilgan. Shundan 2-son kasb-hunarga o‘qitish maskaniga 39 nafar, “Ishga marhamat” mono-markazida 20 nafar, Samarqand kasb - hunarga o‘qitish markazida 23 nafar, Samarqand qurilish kollejiga 41 nafar, Kattaqo‘rg‘on kasb-hunarga o‘qitish markaziga 76 nafar, Bulung‘ur kasb hunar maktabiga 415 ta fuqarolar jalb qilindi. Shundan 286 nafarini yoshlar, 419 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Bandlik jamg‘armasi tomonidan yanvar–sentabr oylarida 290 nafar fuqarolarga subsidiyalar berildi. Shundan 6 ta oilalarga issiqxona, 197 nafar fuqarolarga urug‘lik kartoshkalar berilib, bandligi ta’minlandi. Hunarmandlar uyushmasiga a’zolik badallari uchun 23 nafar fuqarolarga, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 20 nafariga subsidiya asosida to‘lovlar o‘tkazib berildi, 44 nafar ishsiz fuqarolarga asbob-uskunalar berildi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda sektor rahbarlari bilan hamkorlikda joriy yilning 9 oyi davomida tumanda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi hamda bandligi ta’minlanmagan yoshlar, kasb xunarga o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun 11 marotaba «Bo‘sh ish o‘rinlari» yarmarkalari o‘tkazildi.

“Ayollar daftari” mablag‘lari hisobidan tumandagi “Beshqo‘ton” va “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosidan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish uchun har bir markazga 35 mln. so‘mdan, jami 70 mln. so‘m mablag‘lar hisobidan o‘quv markazlari tashkil  qilindi.

1-toifa ishsizlarning bandligini ta’minlash uchun 248 nafariga tikuv mashinasi va 176 nafariga pishiriq pechlari va 8 ta inkubator jami 432 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash uchun 523 mln. 040 ming so‘m mablag‘lar sarflandi.

2-toifa bo‘yicha tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlar 85 nafarni tashkil qilib, shu kunga qadar 85 nafar xotin-qizlarga 1 mlrd. 489 ming so‘m kreditlar ajratilgan.

3-toifa bo‘yicha boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar 909 nafar bo‘lib, shundan 889 nafariga 964 mln. 080 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.

3.1-toifa bo‘yicha uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha 20 nafar xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash belgilangan, hozirgi kunda 170 mln. 714 ming so‘m ta’mirlashga mablag‘lar ajratilgan. (Shu jumladan muammolarni o‘rganish jarayonida yana bir nafar 3-toifa boquvchisini yo‘qotgan toifadan 1 nafar fuqaroni uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha kiritilgan)

4-toifa bo‘yicha 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar 559 nafar kiritilgan bo‘lib, shundan 558 nafariga 602 mln. 640 ming so‘m moddiy yordam berilgan.

4.1-toifa  bo‘yicha 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha 1 nafar fuqaro kiritilgan bo‘lib, 5 mln. so‘m ajratilgan.

5-toifa. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga 3 nafar kiritilgan. Shundan, 5.2-toifa ya’ni ijara konpensatsiyasi bo‘yicha. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara konpensatsiyasiga 3 nafar fuqaro ya’ni Bog‘bon (R.Karimova), Do‘stlik (N.Ravshanova) va Chorbog‘ (Z.Xonnazarova) mahallalaridan har bir fuqaroga oyma-oy 500 ming so‘mdan to‘lanishi belgilanib, iyul-avgust oylari uchun “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 4 000 000 so‘m to‘lab berildi.

6-toifa. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar 136 nafar kiritilgan bo‘lib, 136 nafar xotin-qizlarga 146 mln 880 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.

Tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha Onkologik skriningdan o‘tkazilgan xotin-qizlar 6112 nafar, mahallalarda chuqurlashtirilgan tibbiy kurikdan o‘tkazilgan nuroniy onaxonlar soni 465 nafarni tashkil etgan. Bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan onaxonlar 78 nafar, zarur dori – darmonlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal bilan ta’minlangan nuroniy onaxonlar 56 nafar, tashkilotlar va kasaba uyushmalari sanatoriylarida davolanishlari tashkil etilgan onaxonlar soni 29 nafar, reablitatsiya vositalari ajratilgan nogironligi bor keksa ayollar 27 nafarni tashkil etadi.

 

Tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM