“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

Bulung‘ur tumanidagi 1-sonli Madaniyat uyida tashkil etilgan uchrashuvga tumandagi 1- va 2-sonli kasb-hunar maktabi, shuningdek Bulung‘ur pedagogika kolleji o‘quvchilari taklif etildi.

 

Tadbirda Din ishlari Qo‘mitasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.M.Boymurodov, boshqarma bosh mutaxassisi S.A.Najmiddinova, Oliy va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limini muvofiqlashtirish boshqarmasi Samarqand bo‘limi boshlig‘i I.Sh.Juliyevlar so‘zgi chiqishib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashidi, yoshlarning bu boradagi firklari tinglandi.

Bundan tashqari, tadbir davomida DIQ tomonidan tayyorlangan “Soxta da’volar...” filmi va “Milliy libos - ma’naviyat ko‘zgusi” nomli targ‘ibot videoroligi namoyish qilinib, ularda namoyish qilingan holatlar, ilgari surilgan g‘oya atrofida yoshlar bilan do‘stona suhbat qurildi.

 

Erkin muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarda katta taasurot qoldirib, kelgusida ham bu kabi uchrashuvlarni davriy ravishda tashkil qilib borish lozimligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM