Sessiya qarori ijrosi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashning yetmishinchi sessiyasida tuman mahalliy byudjetining “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida 2022-yil 2-mavsum jarayoni bo‘yicha g‘olib takliflarni tasdiqlash va moliyalashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan hamda tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, tuman miqyosida eng ko‘p ovoz olgan 11 ta takliflar g‘olib deb topilib moliyalashtirilgan. Hozirgi kunda ushbu g‘olib bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlarni nazorat qilish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati, sektor rahbarlari va tuman moliya bo‘limi  mas’ullari bilan birgalikda joylarga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunga qadar 1 ta loyiha bo‘yicha yani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4 ta sinfxonasini jixozlash ishlari yakuniga yetmoqda, ishlar 75 foizga bajarilgan.

G‘o‘bdin oilaviy shifokorlik punktini joriy ta’mirlash ishlari boshlangan, ish jarayoni ketmoqda.

Changal-1 mahallasi Eshon qishloq axolisi uchun 1 ta TP va 150 dona yangi simyog‘och (stolba) sotib olish ishlari yakunlangan, 5000 m elektr kabeli sotib olish ishlari savdo jarayonida.

6 ta loyiha bo‘yicha Esonturdi mahallasida 1 km ichki yo‘lni asfalt qilish, “O‘roqli” mahallasidagi Olqortepa qishlog‘i Sardoba ko‘chasini asfal qilish, “Oqtepa” mahallasi ichki yo‘lni ta’mirlash, “Elobod” mahallasi Changalpoyon qishlog‘idagi ichki yo‘lni asfalt qilish, Changal-1 maxallasi Yuqori Changal qishlog‘idagi 2,1 km yo‘lni asfalt qilish, Suluvqo‘rg‘on mahallasi Uyas qishlog‘ini Qoroshqi qishlog‘i bilan bog‘lovchi yo‘lni asfalt qilish ishlari bo‘yicha tender tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlangan.

Bulung‘urariq mahallasi Jomonjor qishlog‘idagi 51-maktabdan Changal-1 mahallasiga olib boruvchi yo‘l yoqasiga piyodlar yo‘lakchasi qurish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha loyiha smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

Tuman istirohat bog‘ini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bo‘yicha hozirgi kunda loyiha smeta xujjatlari ekpertiza jarayonida.

Fuqarolar tashabbusi bilan g‘olib bo‘lgan mazkur takliflar orqali aholi mutasaddilardan amaliy natijalarni kutayotganligi xis qilgan holda, loyihalarning to‘liq va sifatli bajarilishi jamoatchilikning doimiy nazoratida bo‘ladi.

 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM