Bulung‘ur tumanida “Besh tashabbus” loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida “Tumanda besh tashabbus bo`yicha amalga oshirayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mavzu yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Buriboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari Kamoliddin G‘apparov tomonidan ma’lumot berildi.

Xususan, tadbirda ma’lum qilinishicha, davlatimiz rahbarining joriy yil 30-iyun kuni mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dod va qobiliyatini nomoyon qilishlariga ko‘maklashish maqsadida yilda ikki marotaba besh bosqichli mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika darajasidagi “Besh bosqichli Besh tashabbus olimpiadasi” tashkil qilish belgilangan edi.

Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dod va qobiliyatini nomoyon qilishlariga ko‘maklashish maqsadida aprel-iyun oylari davomida besh bosqichli mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika darajasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi mavsumi bo‘libo‘tdi. birinchii mavsum tumanimiz yoshlari uchun juda ko‘tarinki  ruxda bo‘lib o‘tdi. “Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi mavsumi ham yuqori saviyada tashkil qilinib  18 turdagi tanlov va sport musoboqalariga mahallalardagi 35 748 nafar yoshlar qamrab olindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasi o‘laroq “Yosh kitobxon” va “Mushoira” tanlovlarining Respublika bosqichida Elobod mahallasida istiqomat qiluvchi Tursunmurodova Marjona 3-oʻrinni, Changal 1 mahallasida istiqomat qiluvchi Toshbekov Sanjar esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari “Yoshlar ovozi” tanlovi hamda shashka sport musoboqalarining respublika bosqichida Sohibkor mahallasida istiqomat qiluvchi Suyunboyev Firdavs va Yangiqo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi Sulaymonova Umida, “Zakovat” intelektual o‘yinida esa Yangiqo‘rg‘on mahallasi jamoasi munosib ishtirok etishdi. Futbol sport musoboqasi bo‘yicha “DXX raisi kubogi” uchun o‘tkazilayotgan sport musoboqasining viloyat bosqichida Changal 1 mahallasi yoshlari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib respublika bosqichiga munosib ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublika Prezidentining joriy yil 30-iyun kuni yoshlar bilan vidioselektor tarzida o‘tkazgan 54-sonli yig‘ilish bayoniga asosan Besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” yilda ikki marotaba o‘tkazilishi belgilandi hamda ayni damda ushbu olimpiadaning 2-mavsumiga sentyabr oyida start berildi.

Qayd etib o‘tish joizki ikkinchi mavsumda  “Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot orqali 4 768 nafar, Zakovat intelektual o‘yinida ishtirok etish uchun Zakovat_klubi.uz sayti orqali 2 300 nafar, sport musoboqalarida ishtirok etish uchun MySport.uz sayti orqali 22 689 nafar, va Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil qilinadigan loyiha tadbirlarda ishtirok etish uchun esa @beshtashabbusbot orqali 29 632 jami bo‘lib 59 389 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tishgan. "Besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasi"ning 2 mavsumiga 1-mavsumga qaraganda 2 baravardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

Ushbu olimpiadaning 2-mavsumi doirasida stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol, yengil atletika, stritbol, milliy kurash, steret vorkout sport turlari hamda “Yosh kitobxon”, kibrsport, xalq va zamonaviy cholgʻu asboblari tanlovi, yoshlar raqs festivali, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, “Zakovat” intelektual oʻyini kabi tanlov hamda musobaqalarning mahalla va sektor bosqichida 50 ming nafar yoshlar qamrab olindi.

Bundan tashqari tumanimizda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish ularni san’at, madaniyat sport kompyuter savodxonligi va kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida besh tashabbus doirasida olimpiadadan tashqari ham bir qator tadbir va loyihalar ham o’tkazib kelinmoqda. Xususan, soat 16:00 dan 23:00 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida mahallalardagi yoshlar yetakchilarining tashabbuslari bilan kechgi tadbirlar tashkil qilinmoqda. Kechki tadbirlarni o’tkazish uchun mahallalardagi umumta’lim maktablarining sport zallari, kutubxona va kompyuter xonalari yoshlar ixtityoriga doimiy ochib qo’yilmoqda.

Tadbir davomida OAV vakillarini mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM