Aslida muammoning o‘zi yo‘q edi, biroq...

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bulung‘urda izlanuvchan tomorqachiga ko‘maklashadiganlar bormi?” sarlavhali videomurojaat e’lon qilindi. Unda tumanning Gulzor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sherali Xoldorov o‘z xonadonida xorijdan keltirilgan noyob ko‘chatlarni yetishtirayotganligi va unga issiqlik uchun ko‘mir zarurligi ta’kidlanadi.

 

Murojaat o‘rganilganda mahalla raisi Begboyev Ilhom fuqaro Sh.Xoldorov tomonidan ko’mir olish borasida murojaat bo’lmaganligini, bu borada hech qanday muammo yo’qligini ta’kidladi. Xususan, bugunning o’zida fuqaro Sh.Xoldorovga o‘ziga zarur bo‘lgan 3 tonna miqdordagi ko‘mir ajratib berildi.

 

Shu o‘rinda ma’lumot uchun, tumandagi 55 ta mahallaga jami 8 ming tonna, xususan, Gulzor mahallasi aholisiga 200 tonna ko‘mir arzon narxlarda yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. 1 kilogrami 300 so‘mdan berilayotgan ushbu ko‘mir borasidagi raqamlar aholi ehtiyojiga ko‘ra o‘zgarishi ham mumkin. Mazkur arzonlashtirilgan ko‘mirdan olish uchun o‘zingiz yashab turgan mahalla raisiga murojaat qilishingiz zarur bo‘ladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM