Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi vakillari islohotlarning Bulung‘ur tumanidagi natijadorligi bilan tanishdi

Oila va xotin-qizlar bo‘linmalari va mahalla xotin-qizlar faollariga ko‘maklashish bo‘yicha viloyatimizga biriktirilgan Respublika Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Raxmanova Bulung‘ur tumanida bo‘lishdi.

 

Ishchi guruh a’zolari dastlab tuman markazida joylashgan Mehrjon mahallasida soha mas’ullari, hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ishchi guruh Bo‘dana, Sohibkor mahallalari va tumanning olis chegara hududi Xo‘jamazgil mahallasi misolida sohadagi islohotlar natijadorligi bilan tanishdi.

 

Suhbatlar davomida xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikka keng jalb etish borasida tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM