Pensiyalar qayta hisoblanadi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil  28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandiga muvofiq “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

 

Mazkur qonun 2022-yil 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

 

Unga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvaridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n baravaridan o‘n ikki baravariga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilganidek, yangi tartib nafaqat 2023-yil 1-yanvardan keyin pensiyaga chiqadigan fuqarolar uchun balki 2023-yil 1-yanvardan oldin tayinlangan pensiyalar uchun ham tadbiq etiladi.

Ya’ni, o‘ratcha ish haqi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n baravari (bugungi kunda 3 240 00 so‘m)dan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyasi 2023-yil 1-yanvardan qayta hisoblanadi.

Natijada, 352 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi qaytadan hisob-kitob qilinadi va kelgusi yilda Pensiya jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 1.5 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratiladi.

 

J. Abrakulov,

Pensiya jamg‘armasi Bulungur tuman bo‘limi boshlig‘i

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM