Bulung‘ur tumani hokimi: Yerdan foyda olmagan fermer bilan ishlamaymiz

Bulung‘ur tumani respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi rivojlangan tumanlardan biri. Ayniqsa, bugungi oziq-ovqat xavfsizligi tobora global muammoga aylanib borayotgan bir vaqtda, sohaga bo‘lgan talab har qachongidan ham ortishi tabiiy hol.

 

Tuman hokimi Samandar Astonov tumanning Alisher Navoiy hamda Hamid Olimjon agrofirmalarida soha mas’ullari va fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvlarda fermer xo‘jaliklari tomonidan mavjud yer va suv resurslaridan, moddiy imkoniyatlaridan oqilona foydalanish va daromad olish, soliq qarzdorligi va hududda g‘alla ekish ishlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

  • Fermerlikni kasb qildingizmi, daromad qilishingiz shart, deya ta’kidladi tuman hokimi. Bugungi shiddatli davrda qishloq xo‘jaligiga ham ilm bilan yondashish talab etilmoqda. Yer bu bebaho boylik. Biz mazkur imkoniyatdan to‘g‘ri foydalana olmagan fermer bilan emas, tadbirkor, oqil fermerlar bilan ishlashni istaymiz. Shunday ekan, yerdan daromad qila olmasangiz, yaxshisi yerni topshirganingiz ma’qul...

 

Muhokama davomida hududlarda amalga oshiriladigan kelgusi vazifalar belgilab olindi.

 

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda tumanda 6 290 ga., xususan, Hamid Olimjon agrofirmasida 540 ga., Alisher Navoiy agrofirmasida 545 gektar g‘ala ekilishi rejalashtirilgan.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM