Bulung‘urda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlar aniqlandi

Shu kunlarda Bulung‘ur tumanida iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holati ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Afsuski, o‘rganishlar davomida bir qancha qonunbuzilish holatlari ham aniqlanmoqda. Jumladan, joriy yil 25-avgust kuni o‘tkazilgan navbatdagi ko‘rik jarayonida tumanning Mehrjon mahallasi Forobiy k o‘chasida yashovchi fuqaro N.O. o‘z xonadoniga o‘rnatilgan ASKUG elektron gaz hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan yechib olib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalangan holda 7 426 940 so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi.

Shuningdek, tumanning Mehrjon mahallasi Yulduz ko‘chasida yashovchi S.N. xonadoni o‘rganilganda 478 800 so‘m, Samarqand mahallasi fuqarosi A.M. xonadoni o‘rganilganda 1 089 460 so‘m qarzdorlik aniqlandi.

Kun davomida 8 ta xonadonlarda jami 10 875 980 so‘m tabiiy gaz to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmasdan kelayotganligi aniqlandi.

 

Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!

Milliy boyligimiz bo‘lgan tabiiy gazdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishingizni hamda to‘lov intizomiga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz.

 

“Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti filiali       

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM