Bulung‘urda kredit uchun «Traiblazer» jarima maydonchasiga qo‘yildi

Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi ish yurituvida tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 2022-yil 25-yanvar kungi sud hujjatiga asosan «Xalq Banki» ATB foydasiga 266 mln. 401 ming so‘m kredit qarzdorligi uchun «Nursulton Servis 07» ma’suliyati cheklangan jamiyati va qo‘shimcha javobgar qarzdor A.B.ga tegishli garovdagi «Traiblazer» rusumli mashinaga qaratish belgilangan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida javobgarga tegishli «Traiblazer»avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmaganligi uchun mazkur transport vositasi auksion savdolariga chiqarildi.Sotuvdan tushgan mablag‘ esa kredit qarzdorligiga qaratildi.

Sa’dullo BURXONOV,

Byuroning Bulung‘ur tuman 

bo‘limi davlat ijrochisi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM