Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Xabibullayev Dilshod Ismailovich tomonidan “Bulung`ur tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, 2022-yilga belgilangan ustuvor vazifalar to`g`risida” ma’lumot berildi.

Xususan, tadbir davomida hokim o‘rinbosari tomonidan ma’lumot berilganidek, tumanda “Temir daftar”ga 1376 ta oila kiritilgan. Shundan 951 ta oilada doimiy daromad manbayi yaratilib, daftardan chiqarildi. 1-iyul holatiga daftarda 425 ta oila qolmoqda. Jumladan:

-392 ta oilaga 971,2 mln.so‘mlik asbob uskunalar olib berildi.

-3 ta na’munali mahallaga 18 ta inkubator uskunasi, tovuq, quyon, qoramollar tarqatildi.

- 44 ta oilalarga bandlikka ko‘maklashish jamharmasi hisobidan 35,6 mln.so‘mlik kartoshka urug‘lari olish uchun subsidiya mablag‘lari ajratildi.

- 6 nafar fuqarolarning murakkab tibbiy operatsiyasi uchun jami 127,3 mln.so‘m mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, tumanda “Ayollar daftari”ga 2732 nafar ijtimoiy,huquqiy, tibbiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji bor bo‘lgan ishsiz xotin-qizlar kiritildi. Ulardan:

- 1360 nafariga bir martalik 1080 ming.so‘mdan jami 719 mln 280 ming.so‘m moddiy yordam berildi.

- Uy-joy tamiriga muhtoj 20 nafar xotin-qizlarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida 8 mln 100 ming.so‘mdan jami 162 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi.

- 85 nafariga 854 mln.so‘m kreditlar ajratildi.

Daftarga kiritilganlardan:

- tikuvchilik va kashtachilikka 315 nafar, pazandachilik va qandolatchilikka 48 nafar, sartaroshlikka 31 nafar, milliy hunarmandchilikka 8 nafar va boshqa yo‘nalishlarga 131 nafari o‘qitilib, jami 628 nafarining bandligi taminlandi.

Tumanda “Yoshlar daftari”ga tizimli muammolarga ega bo‘lgan
2505 nafar yoshlar kiritilgan. Bugunga qadar 2429 nafari “daftar”dan chiqarilib, 1 iyul holatiga 76 nafari qolmoqda. Ulardan:

   -bo‘sh ish o‘rinlariga 40 nafar yoshlar joylashtirildi.

1282 nafar yoshlarga 10 yilga ijara asosida yer maydonlari ajratib berildi.

41 nafar yoshlarga kreditlar ajratib berildi.

102 nafar yoshlarga asbob-uskunalar ajratildi.

- 26 nafar yoshlar haydovchilikka o‘qitildi.

- 68 nafar yoshlarning SChR harajatlari to‘lab berildi.

-1 00 nafar yoshlarning OTM to‘lov kontrakti to‘lab berildi.

- 2 nafar yoshlarga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

- 2 nafar yoshlarning iste’dodlari qo‘llab-quvvatlanib, daftardan chiqarildi.

- 407  nafar yoshlarga g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari ajratildi.

- 343 nafar yoshlar o‘z arizasiga ko‘ra daftardan chiqarildi.

-19 nafar yoshlar noqonuniy migratsiyaga ketganligi uchun “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.

Muxtasar qilganda tumanda aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan qator amaliy ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Media-tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM