Bosh maqsad aholining bugunidan roziligi

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, bugun barcha darajadagi rahbarlar xalq ichiga kirib bormoqda. Zero, bosh maqsad aholining bugunidan roziligi! Shu maqsadda joylarda muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar va aholi uchun sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda. Xususan, ana shunday uchrashuvlardan navbatdagisi Bulung‘ur tumani Erganakli mahallasida bo‘lib o‘tdi.

 

Mahalladagi 35-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvida 1-sektor rahbari, tuman hokimi Samandar Astonov, sektor ishchi guruhi a’zolari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv davomida 3 nafar yosh o‘tgan galdagi uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlarining ijobiy natijasi uchun minnaddorchilik bildirgan bo‘lsalar, yana 2 nafar yoshning murojaati ijro uchun ro‘yxatga olindi.

Bundan tashqari shu joyning o‘zida mahalla aholisi uchun sayyor qabul ham tashkil etilib, aholining murojaatlari tinglandi. Samimiy, ochiq muloqot shaklida o‘tgan qabul davomida tuman hokimi O‘rolov Nurboy hojiga Xorazmning gujum daraxti yog'ochidan yasalgan hassatayoq sovg‘a qildi. Qabul yakuniga ko‘ra aholi tomonidan bildirilgan 8 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ijroga qaratildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM