Fuqarolar Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga befarq emas...

Ayni kunlarda 59-Bulung‘ur saylov okrugidan saylangan Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuxrat Abduxalimov Bulung‘ur tumanidagi saylovchilar bilan uchrashib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholining fikrini o‘rganmoqda, takliflarini qabul qilmoqda.

 

Xususan, navbatdagi uchrashuv tumanning Nurli yo‘l hamda Gulzor mahallalari faollari bilan o‘tkazildi. Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuxrat Abduxalimov tomonidan ishtirokchilarga yurtimizda keng ko‘lamli islohotlardan biri bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan tushunchalar berildi.

 

Loyihaga ko‘ra, taklif etilayotgan o‘zgarishlar, ularning mazmun-moyihiyati tushuntirilib, bu borada saylovchilarning fikrlari tinglandi. Loyiha yuzasidan saylovchilarning takliflari olinib, umumlashtirilgan holda Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim etilishi ma’lum qilindi.

 

Joylarda uchrashuvlar davom etmoqda. O‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlarda turli soha vakillarini qamrab olishga va ularning firklarini to‘rganishga e’tibor qaratilmoqda.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM