Matbuot va ommaviy axborot vositalari fidoiylari kasb bayrami munosabati bilan qutlandi

Bugungi shiddatli axborot asrida matbuot va ommaviy axborot vositalarining xolis axborotiga talab har qachongidan ham ortib bormoqda. Shunday ekan, xalq va davlat boshqaruvi idoralari o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab kelayotgan ushbu kasb egalaridan bugun har qachongidanda fidoiylik talab etiladi.

 

27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan “Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyati jamoasi, jamoatchi va faxriy jurnalistlar, tuman hokmiligi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan OAV vakillari uchun bir piyola choy ustida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda sektor rahbarlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi va tuman bo‘limi rahbariyati ishtirok etib, soha fidoiylariga tuman hokimligi va boshqarmaning TASHAKKURNOMAlari topshirildi.

 

Shuningdek, tadbirga yolg‘iz ayol boshi bilan ayrim erkaklargada o‘rnak bo‘lib kelayotgan bulung‘urlik quruvchi-usta Ulug‘oy Doniyorova ham taklif etilib, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining TASHAKKURNOMAsi topshirildi.

Bayram tadbiri tuman hokimligi Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan jonli ijrodagi kuy va qo'shiqlar bilan davom etdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM