Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Bugun qishloq xo‘jaligida ish qaynagan vaqt. Zero, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda sohaning o‘rni katta, har fursat g‘animat. Tuman hokimligida soha mas’ullari, agrofirma raislari, fermerlar xo‘jaliklari raislari ishtirokida o‘tgan muhokamada sohadagi dolzarb masalalar muhokama etilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, muhokama davomida g‘alla o‘rimi borasidagi tashkiliy jarayonlar ko‘rilib, mas’ullarning hisoboti tinglandi, xato va kamchiliklar tahlil qilinib, zaruriy topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng tumanda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik-seleksiya ishlarini yaxshilash, chorva mollari bosh soni va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish borasidagi ishlar ahvoli tahlil qilindi.

Soha mas’ullarining hisobotlaridan ma’lum bo‘lishicha, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan birgalikda 2022-yil hosili uchun g‘alla maydonlarining 10 foiziga yani 629 gektariga beda va boshqa ozuqabop ekinlar ekilishini tashkil etish bo‘yicha, 785 ta fermerlar kesimida ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqildi.

Chorvachilik xo‘jaliklarida 254 gektar bahorgi beda, 230 gektar makkajo‘xori hamda, 50 gektar xashaki lavlagi ekinlarini ekish o‘z vaqtida yakunlandi. “Mingchinor madadkor chorvasi”, “Mingtepa zamini” va “Xo‘jan Normatov dalasi” fermer xo‘jaliklari tomonidan gidroponika usulida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birgalikda hozirga qadar kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar aniqlanmagan. “Fozil Mingchinor tomorqa xizmati” MChJ tomonidan Oqtosh, Bo‘dana, Erganakli, Saxovat va Nurli yo‘l MFYlardagi 20 ta xonadonga 10 boshdan qo‘y tarqatish hamda ular yetishtirigan go‘sht va junni kooperatsiya asosida sotib olish bo‘yicha ishlar tadbirkor tomonidan bajarilmasdan qolmoqda. Demakki, bu borada hali yechimini kutayotgan muammolar bor.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ayni paytgacha tumandagi 325 ta xonadonda 30990 bosh parranda, 138 ta xonadonda 1575 bosh qo‘y-echki, 84 ta xonadonda 1341 dona asalari uyasi, 80 ta xonadonda 986 ta quyon boqish yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda barcha loyihalar bo‘yicha ishlar boshlangan bo‘lib, “Olqartepa” fermer xo‘jalgi tomonidan qo‘shimcha 100 bosh qo‘y tashkil etildi. Bundan tashqari asalarichilik yo‘nalishida 1 ta qo‘shimcha loyiha “Suyunov Diyor dalasi” fermer xo‘jaligi tomonidan 35 ta asalari oilasi tashkil etildi.

Parrandachilik yo‘nalishidagi 1 ta loyiha “G‘o‘bdin sof parrandalari” MChJ tomonidan qurilish ishlari va asbob uskunalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 275 ming bosh “Loman” zotli parranda boqish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qurilish ishlari yakunlangan 3 ta sexga 300 ming bosh zotli jo‘jalar olib kelinishi kutilmoqda.

Baliqchilik yo‘nalishidagi 3 ta loyiha “Temur golden fish”, “Sanobar Saidakbarovna” va “Amur Niagara” fermer xo‘jaliklari tomonidan suv havzalari tayor holga keltirilgan. Ayni paytda 2 ta loyiha “Temur golden fish”, “Sanobar Saidakbarovna” fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan aeratorlarni olib kelinib, faoliyatini boshlagan. 1 ta loyiha “Amur Niagara” fermer xo‘jaligi tomonidan suv havzallari tayyor holga keltirilgan. Aayni paytda 2 gektar suv havzasi mavjud, aerator moslamalarini olib kelish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbari 10 kun muddatda aerator moslamalarini o‘rnatishni ma’lum qilmoqda.

Qoramolchilik yo‘nalishidagi 1 ta loyiha “Samarqand KZT eko milk kompaniy” QK tomonidan loyihani amalga oshirish bo‘yicha investor va tijorat banklari o‘rtasida muzokoralar olib borilmoqda.

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, “Chorvanasl” markazi tuman vakilligi hamda chorvachilik fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 20 630 doza naslli buqa urug‘idan 8196 doza naslli buqa urug‘i sotib olindi va 6305 bosh sigirlar sun’iy urug‘lantirildi.

Muhokamalar davomida sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hali yo‘lga qo‘yilmagan loyihalarni ishga tushirish borasidagi ishlarni jonlantirish, har bir yo‘nalishlar kesimida loyihalar soni va hajmlarni oshirish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM