Sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi: murojaatlar joyida o’rganildi

Bulung‘ur tumanidagi Nebo‘sa mahallasida 1-sektor rahbari, tuman hokimi Samandar Astonov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv va murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida dastlab mahalla yoshlarining, so‘ngra faollarning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan har bir murojaat shu yerning o‘zida soha mas’ullari ishtirokida muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

Quvonarlisi, bugun mahallada tadbirkorlik muhiti shakllanmoqda. Murojaatlarning aksariyati ham tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish maqsadidagi murojaatlar bo‘ldi. Uuchrashuv so‘ngida tuman hokimi bildirilgan murojaatlar bilan bugunning o‘zida joyiga borib tanishdi. Xususan, Nazarova Shoira hamda Boymurodova Dilorom o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kredit mablag‘i so‘rab murojaat qilshgan edi. Tuman hokimi mas’ullar ishtirokida ularning faoliyati bilan joyida tanishib, zaruriy vazifalar kelishib olindi.

Hokim shuningdek mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishib, soha yuzasidan zaruriy tavsiyalar berdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM