1-sektor hududidagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi

Bulung‘ur tumani Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida sektor ishchi guruhi a’zolari hamda 1-sektor hududida joylashgan mahallalardagi hokim yordamchilari jam bo‘lishdi. Sektor rahbari Samandar Astonov boshchiligida o‘tkazilgan muhokamada PQ-20, PQ-71, hamda VMQ-709-sonli Qarorlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli muhokama markazida bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni kunga qadar PQ-20 hamda VMQ-709-sonli Qarorlar asosida sektor hududida maydoni 1 709,1 gektar yer maydonlaridan iborat 8 575 ta lot onlayn savdolarga qo‘yilib, ularning 91 foizi talabgorlar tomonidan yutib olingan. Biroq 19 ta holatda ijara shartnomasi imzolanmagan, 32 ta holatda auksion g‘oliblari tomonidan dehqon xo‘jaliklari ochilmagan. Muhokama davomida mazkur kamchiliklar yuzasidan mahallalar kesimida mas’ullardan izoh so‘ralib, mavjud kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish, shuningdek talab bildirilmayotgan lotlar konturini o‘zgartirish yoki mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari bugun tumanda ko‘chma ko‘cha savdolarini yo‘lga qo‘yish maqsadida 80 ta lot auksionga chiqarilgan. Biroq, ayrim holatlarda ularga talabgorlar ro‘yxati yetarli miqdorda shakllantirilmagan.

  • Ushbu auksion savdolaridan mahalla aholisi, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarning qay darajada xabardor ekanligi savol ostida, deya ta’kidladi tuman hokimi. Tadbirkorlik uchun yer so‘rab qilinayotgan murojaatlar kam emas, biroq ularning hammasi ham K-savdo platformasidan xabardor emas. Bundan tashqari, hokim yordamchilari mahalla hududidan K-savdo platformasiga kiritish yuzasidan o‘z takliflarini berishi kerak. Mahalla hududidini, muhitini sizlar bilasiz. Qayerda talab bo‘lsa, qonun talablaridan kelib chiqqan holda taklif kiriting, deya ta’kidladi tuman hokimi Samandar Astonov.
2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM